O‘zbekiston | 18:09 / 07.08.2018
13432
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi

Foto: Norma.uz

2018 yil 6 avgustda imzolangan prezident qaroriga muvofiq, Guliston, Qarshi, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

Hududiy filiallarda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasi oshiriladi.

Hududiy filiallarga maqomi va mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining fakultet dekaniga tenglashtiriladigan direktor rahbarlik qiladi.

Mavzuga oid