Hujjat bilan nomzodlarni tavsiya etiş, ularni test sinovlari va suhbatdan ötkaziş tartibini belgilaydigan akademiyaga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom, şuningdek xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qiliş, ularning huquqlari va majburiyatlarini nazarda tutuvçi xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Akademiya magistraturasiga qabul qonuniylik, xolislik, şaffoflik, kollegiallik va teng huquqlilik tamoyillari asosida amalga oşiriladi.
Öqitiş oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq, davlat buyurtmasi böyiça grant va tölov-kontrakt asosida, magistr darajasi berilgan va belgilangan davlat namunasidagi diplom topşirilgan holda quyidagi mutaxassisliklar böyiça amalga oşiriladi:
- «Hududlarni kompleks rivojlantiriş»;
- «Davlat boşqaruvi»;
- «Inson resurslarini rivojlantiriş»;
- «Davlat siyosati»;
- «Davlat moliyasini boşqariş».
Akademiyada davlat buyurtmasiga asosan magistratura mutaxassisliklariga qabul qiliş uçun nomzod sifatida quyidagilar bölişi mumkin:
«Davlat boşqaruvi» mutaxassisligi böyiça 45 yoşdan oşmagan, tayanç oliy ma’lumotga ega, kamida respublika darajasida bölim boşliği örinbosari, hududiy va tuman (şahar) darajasida tuman (şahar) bölim boşliği lavozimida mehnat qilayotgan hamda 2 yildan kam bölmagan boşqaruv lavozimida iş stajiga ega bölgan şaxslar;
boşqa barça mutaxassisliklar böyiça 45 yoşdan oşmagan, tayanç oliy ma’lumotga va kamida 2 yil boşqaruv lavozimlarida iş tajribasiga ega şaxslar.
Şuningdek, akademiya magistratura va qayta tayyorlaş kurslariga xorijiy davlatlar fuqarolarini qabul qiliş uçun hujjatlarini özining rasmiy veb-sayti orqali elektron şaklda qabul qiladi.
Xorijiy fuqarolarning tölov-kontrakt asosida öqiş qiymati akademiyaning vasiylik kengaşi tomonidan belgilanadi.
Xorijiy fuqarolar qabul qilinişi uçun kamida bakalavr darajasidagi (yoki unga tenglaştirilgan darajadagi) diplomga ega bölişi, şuningdek tegişli ta’lim dasturlarida nazarda tutilgan tilni biliş darajasi, xorijiy tillarni belgilovçi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar böyiça B2 va undan yuqorida darajada bölişi kerak.













