«Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlaş hamda ularni davlat boşqaruvi va xizmatiga samarali jalb etiş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga köra, Prezident huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasi etib qayta taşkil etiladi.
Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib davlat xizmatçilarining malakasini muntazam oşirib boriş va qayta tayyorlaş, şuningdek, boşqaruv kadrlarini magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqiçlarida öqitiş belgilandi.
Şuningdek, Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasining Vasiylik kengaşi tuziladi.
2025 yil 1 iyuldan davlat organlari va taşkilotlari tomonidan davlat xizmatçilarining malakasini oşiriş va qayta tayyorlaş xodimlarning kasbiy rivojlaniş ehtiyojlariga asoslangan holda taşkil etiladi hamda malaka oşirişning an’anaviy, muqobil va mustaqil şakllari joriy etiladi.
Farmonga köra, 2025 yil 1 oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boşqaruv kadrlari malakasini oşiriş böyiça qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.
2026 yil 1 yanvardan Akademiyada muddati 6 oygaça bölgan qayta tayyorlaş ta’lim dasturlari joriy etiladi.
2025/2026 öquv yilidan «Hududlarni kompleks rivojlantiriş», «Davlat boşqaruvi», «Inson resurslarini rivojlantiriş» magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlanadi.
2026/2027 öquv yilidan:
- «Davlat siyosati» (Public Policy) va «Davlat moliyasini boşqariş» (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlanadi;
- yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boşqaruv kadrlari zaxirasini şakllantirib boriş maqsadida amaliyotçi boşqaruvçilar uçun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
- magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy ta’lim taşkilotlari bilan hamkorlikda qöşma ta’lim dasturlari va modullar böyiça taşkil etiladi.













