Sport | 20:20 / 26.12.2016
35004
5 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng qimmat 5 futbol stadioni

Forbes sayyoramizning eng qimmat beshta futbol stadioni ro‘yxatini tuzib chiqdi. Quyida ularning fotosuratlari va qiymati haqidagi tegishli ma'lumotlarni taqdim etamiz.

Yankee Stadium (2009), Nyu-York

2,3 milliard dollar
Futbol uchrashuvlaridagi sig‘imi:
 30 300 (49 600 o‘ringa kengaytirilish imkoni bor)
Stadion beysbol o‘yingohi yo‘nalishida qurilgan. New York Yankees beysbol klubining yangi stadioni qurilishi 2006 yilda boshlangan bo‘lib, loyihaga umumiy hisobda 1,2 milliard dollar sarflangan. 
“Manchester Siti” klubi esa 2013 yilda beysbol “Yanki”larning rahbariyati bilan kelishuv asosida MLS’ga kirish uchun 100 million dollar to‘ladi va 2015 yildan boshlab ligaga “Nyu-York Siti” jamoasi qo‘shildi.

 

Wembley Stadium (2007), London

1,462 milliard dollar (757 million funt)
Sig‘imi:
 90 000
Stadion ikki yoqqa suriluvchi tom va yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilsa, tribunalar bir qismining olinishi mumkinligi bilan ajralib turadi (sig‘im 60 000 ga kamayadi)
“Uembli”ni qayta ta'mirlash loyihasi 1996 yilda tayyorlangan bo‘lib, u 6 yildan so‘ng tasdiqlandi. Pudratchi bilan imzolangan shartnoma qiymati 757 million funtni tashkil qildi.
Eski stadionni buzish ishlari 2002 yilning sentabrida boshlandi, bir yil o‘tib qurilish ishlariga start berildi. Futbol assotsiatsiyasi esa arenani 2007 yilning martida foydalanishga oldi. Ikki oy o‘tib yangi “Uembli” ochildi – Angliya Kubogi finali. O‘shandan beri stadionda mamlakat terma jamoasi uy uchrashuvlari, milliy kubok musobaqalari final bahslari o‘tkaziladi.

 

Singapore National Stadium (2014), Singapur

1,4 milliard dollar (1,87 milliard singapur dollari)
Stadion ikki yoqqa suriluvchi tom, birinchi qavatning tribunalarni o‘ziga “tortib olish” xususiyati bilan ajralib turadi. Bundan yengil atletika musobaqalarini o‘tkazish maqsadida foydalaniladi.
Yangi stadion uch suv sporti turlari saroyi, zamonaviy arena, sport muzeyi va laboratoriya, savdo markazi va Singapore Indoor Stadium tarkibiga kirgan katta majmuaning markaziga aylandi.
1,87 million singapur dollarilik qiymatga ega loyiha 2008 yilda taqdim etilgandi, biroq iqtisodiy inqiroz sabab faqatgina 2010 yilda qurila boshlandi va to‘rt yil davom etdi. Futbol bo‘yicha Singapur terma jamoasi bu yerda o‘z uchrashuvlarini o‘tkazadi.

 

Olympic Stadium (1976), Monreal

1,4 milliard dollar (1,61 milliard kanada dollari)
Futbol uchrashuvlaridagi sig‘imi:
 61 000
Stadion ikki yoqqa suriladigan tom bilan farqlanib turadi.
1976 yilgi yozgi Olimpiadaning bosh stadioni avvaliga 1972 yilda foydalanishga topshirilishi lozim edi. Biroq, quruvchilarning ish tashlashlari, o‘yingoh konstruksiyasining murakkabligi va noqulay ob-havo O‘yinlar ochilish vaqtiga arena tomi va minorasi tayyor bo‘lmasligiga olib keldi. Qurilish 1988 yilda o‘z yakuniga yetdi – o‘shanda tom ilk bora surilgan.
Kvebek viloyati hukumati 1970 yilda arenaga 134 million kanada dollari ajratish haqidagi xarajatlarni tasdiqladi. Narxlarning oshishi va pulning qadrsizlanishi Olimpiya stadioniga 1,6 milliard sarflanishiga olib keldi. 
Ayni damda Olimpiya stadioni MLS’da ishtirok etuvchi “Monreal Impakt” jamoasining uy stadioni sifatida ishlatiladi. So‘nggi 10 yilda bu yerda FIFAning uchta katta musobaqasi (ikki yoshlar o‘rtasidagi va ayollar jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati) o‘tkazildi.

 

London Stadium (2011), London 

1,1 milliard dollar (752 million funt sterling)
Futbol uchrashuvlaridagi sig‘imi: 
60 000
Stadionning o‘ziga xos jihati ikki yoqqa suriluvchi tomdan iborat.
2012 yilgi Olimpiada va Paralimpiada o‘yinlarining bosh arenasini loyihalashtirish ishlari 2007 yilning noyabrida boshlandi, qurilish ishlari esa 2008 yilning mayida start oldi. Stadion 2011 yilning martida foydalanishga topshirildi. O‘yingoh loyihasining umumiy qiymati 429 million funt sterlingni tashkil qildi.
Londonning “Vest Xem Yunayted” klubi 2012-yilgi O‘yinlar yakunlangach, o‘yingohni 99 yilga ijaraga olish haqidagi hujjatlarni imzoladi.

 

“Krestovskiy” (2016), Sankt-Peterburg

1,1 milliard (42,3 milliard rubl)
Futbol uchrashuvlaridagi sig‘imi: 
68 000
Stadion ikki yoqqa suriluvchi tom bilan farqlanib turadi.
O‘yingoh Sankt-Peterburg shahar byudjyetidan moliyalashtirildi. Uning qurilish ishlari bilan uchta pudratchi shug‘ullandi hamda umumiy qiymati miqdori ham bir necha bor o‘zgardi. Stadionni qurishga 10 yil va 1,1 milliard dollar kerak bo‘ldi.
“Krestovskiy” 26 dekabr kuni quruvchilar tomonidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Arenadagi ilk bellashuvlar 2017 yilning boshlariga rejalashtirilgan. U Rossiyadagi eng qimmat sport maydoniga aylandi. 

Mavzuga oid