Loyihaga köra, milliy reytingda taşkiliy-huquqiy şaklidan qat’i nazar, taşkil etilganiga kamida uç yil bölgan va bitiruvçilari mavjud oliy ta’lim taşkilotlari iştirok etadi. Bunda oliy harbiy va harbiylaştirilgan, ixtisoslaştirilgan oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari mustasno qilinadi.

Hujjatda qayd etilişiça, reyting agentlikning maxsus dasturiy ta’minoti — maxsus platforma orqali yuritiladi. Ma’lumotlar tegişli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, oliy ta’lim taşkilotlarining özi taqdim etadigan ma’lumotlar hamda xalqaro ma’lumotlar bazalari asosida şakllantiriladi. Ma’lumot manbasi va verifikatsiya usullari platformada körsatilişi şart.

Oliy ta’lim taşkilotlari tomonidan kiritiladigan ma’lumotlar har yili 1 fevralga qadar platformaga joylanişi lozim. Muddatda kiritilmagan ma’lumotlar reytingni şakllantirişda inobatga olinmasligi, kiritilgan ma’lumotlarning işonçliligi va öz vaqtida taqdim etilişi uçun taşkilot rahbari şaxsan javobgar ekani belgilangan.

Loyihada umummilliy sörovnoma natijalarini ham reytingda inobatga oliş nazarda tutilgan. Sörovnoma har yili 1 iyunga qadar ötkazilib, unda talabalar, professor-öqituvçilar hamda iş beruvçilar iştirok etişi mumkin. Sörovnoma natijalari oliygohda talabalar va professor-öqituvçilarning kamida 20 foizi qatnaşgan taqdirda hisobga olinadi.

Milliy reyting kontingentga qarab oliygohlarni toifalarga ajratgan holda yuritilişi közda tutilgan. Toifalar ijtimoiy-gumanitar fanlar, amaliy fanlar, tibbiyot fanlari va ijod (sport) yönalişlari böyiça belgilanadi. Toifalaş har yili iyul oyiga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan aniqlanişi körsatilgan.

Reyting natijalari belgilangan mezonlar asosida ball töplaş orqali hisoblanadi va har yili 31 oktyabrga qadar agentlik rasmiy veb-sayti hamda OAVda e’lon qilinadi. Şuningdek, yolğon ma’lumot taqdim etilgani böyiça asosli şubha va dalillar mavjud bölsa, tegişli reyting yili uçun natijalar bekor qilinişi va materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilişi mumkin.

Natijalarga nisbatan oliy ta’lim taşkilotlari e’lon qilingan kundan boşlab 10 iş kuni içida agentlikka yozma yoki elektron şaklda murojaat qiliş huquqiga ega böladi. Murojaatlar 15 iş kunida körib çiqilişi belgilangan.