Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarga ota-onalardan undiriladigan ayrim to‘lovlarni erkin tasarruf etish imkoniyati berildi
Foto: KUN.UZ
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga uzaytirilgan kun guruhlaridagi bolalar ta'minoti uchun ota-onalardan undiriladigan to‘lovlarni erkin tasarruf etish imkoniyati berildi.
2016 yil 3 avgustda Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 24-bandiga ko‘ra, tarbiyachilarning mehnati hamda mehnat ta'tili haqini to‘lashdan keyin bo‘shab qolgan mablag‘lar ularni moddiy rag‘batlantirish xarajatlariga yo‘naltirilar edi.
Natijada, maktablar bir necha yillar davomida ushbu hisob varag‘idagi yig‘ilib bo‘sh turgan mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda ham ularni maktabning moddiy-texnika bazasini yaxshilash (qurilish-ta'mirlash, jihozlash, o‘quvchilar uchun sun'iy qoplamali futbol maydonlarni yaratish va x.k.)ga sarf-xarajat qilolmas edi, deyiladi XTV ma'lumotida.
Adliya vazirligi 26 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va Moliya vazirligining “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to‘lovini undirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qarorini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Endilikda, maktablardagi uzaytirilgan kun guruhlari xizmatlaridan tushgan mablag‘larni nafaqat tarbiyachilarning mehnati va mehnat ta'tili haqini to‘lashga hamda rag‘batlantirishga, shuningdek kuzatuv kengashining roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar uchun ham erkin yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi.
Hujjatga ko‘ra, umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida to‘lov har bir oy uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida undiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni asosida bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargan hollarda bazaviy hisoblash miqdori o‘zgargan sanadan boshlab to‘lov qayta hisob-kitob qilinadi.
To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta'minlangan oilalar farzandlarining ro‘yxati oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan ma'lumotnomaga va umumiy o‘rta ta'lim muassasasi kuzatuv kengashining xulosasiga asosan shakllantiriladi.
Mavzuga oid
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
20:15 / 16.12.2025
2,5 mlndan 1 mlrd so‘mgacha – 100 dan ortiq olimpiadachi o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlandi
18:42 / 15.12.2025
«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
20:58 / 13.12.2025