Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha JCh. Shohjahon Abdullayev ilk jangdayoq nokautga uchradi
Serbiya poytaxti Belgradda boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 27 oktabr kungi janglarda o‘zbekistonlik bir bokschi ishtirok etdi.
Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi
-86 kg vazn toifasida harakat qiladigan Shohjahon Abdullayev 1/32 final doirasida belgiyalik Viktor Shelstritga qarshi ringga ko‘tarildi.
Birinchi raundning dastlabki daqiqasidayoq o‘zbekistonlik sportchi nokdaun holatiga tushib qoldi. Lekin Abdullayev qolgan vaqt davomida ustunlikni qo‘lga olib, raundni o‘z foydasiga hal qildi.
Lekin ikkinchi raund so‘ngida belgiyalik bokschi kuchli o‘ng qo‘l zarbasi bilan Abdullayevni nokautga uchratdi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik yana bir bokschi chempionatdagi yurishini ilk bosqichdayoq to‘xtatdi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionatining birinchi kungi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini -67 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev 1/32 final doirasida irlandiyalik Brendon Makkiverni 5:0 hisobida mag‘lub etgan holda 1/16 finalga yo‘l olgandi.
Ikkinchi kungi bahslarda -80 kg vaznda Odiljon Aslonov avtomatik ravishda 1/16 finalga yo‘llanma olgan bo‘lsa, -51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov 1/8 final doirasida qozog‘istonlik Saken Bibossinovga mag‘lub bo‘lib turnirni tark etdi. -75 kg vazn toifasida Saidjamshid Ja'farov 1/32 finalda slovakiyalik Lukas Fernetsadan ustun kelib, keyingi bosqichga o‘tdi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqaga yangilangan tarkibda yo‘l olgan. 13 ta vazn toifasida mamlakat sharafini himoya qiladigan sportchilar orasidan Tokio Olimpiadasida ishtirok etgan tarkibdan faqat ikki bokschi - Shahobiddin Zoirov (-54 kg) va Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg) qolgan.
28 oktabr kungi bahslarda jamoaning uch vakili ishtirok etadi:
–57 kg. Mirazizbek Mirzaxalilov — Jamal Harvey (AQSh) (16:10dan so‘ng)
+92 kg. Lazizbek Mullajonov — Puriya Amiri (Eron) (19:30dan so‘ng)
–67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Ahmed Harara (Falastin) (21:50dan so‘ng)
Mavzuga oid
20:13 / 29.12.2025
Britaniyalik bokschi Entoni Joshua Nigeriyada jiddiy avtohalokatga uchradi
12:01 / 29.12.2025
Vuchich Serbiyada 2026 yilda muddatidan oldin saylov o‘tkazishga va’da berdi
14:09 / 26.12.2025
AQSh Serbiya kompaniyasiga RF ulushini sotish bo‘yicha muzokaralar uchun muddat berdi
21:07 / 20.12.2025