Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya dronlari yana Ukrainadagi harbiy komissariatlarga hujum qilmoqda
Ukrainadagilar buni safarbarlikni buzishga urinish sifatida baholamoqda.
Zaporizhzhia regional administration
Rossiya harbiylari 7 iyul kuni Xarkiv va Zaporijjya shaharlaridagi hududiy to‘ldirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari (Ukrainada bu voyenkomat muqobili) binolariga dronlar bilan zarba berdi, deb xabar berdi Ukraina qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonligi.
Zaporijjyadagi harbiy komissariat binosiga berilgan zarba natijasida bir askar yaralangan, Xarkivda uch kishi jarohatlangan. Mahalliy rasmiylar Zaporijjya 20 kishi, jumladan, ikki harbiy, Xarkovda esa 33 kishi yaralangani haqida xabar bergan.
Rasmiylarga ko‘ra, Xarkivda Xolodnigor rayoniga zarba berilgan: ma’muriy binolar, besh qavatli turar joy binosi shikastlangan, ikkita avtomobil va yana bir turar joy binosi yonib ketgan. 7 iyulga o‘tar kechasi ham shaharga dronlar hujumi uyushtirildi. Jami 66 kishi, jumladan, olti nafar bola jabrlangan. Sakkiz nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Bir kishi halok bo‘lgan.
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjyada ta’lim muassasasining yotoqxonalari, ko‘p qavatli va xususiy uylar, noturar binolar shikastlangan.
Rossiya mudofaa vazirligi hujumni tan olib, Rossiya dronlari Ukraina qurolli kuchlarining harbiy komissariatlarini «aniq nishonga olgani» haiqda ma’lum qilgan.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya qo‘shinlari iyun oyi oxiri – iyul oyi boshidan beri Ukraina harbiy komissariatlariga zarba berib kelmoqda. 30 iyun kuni Rossiya dronlari Kriviy Rihdagi harbiy komissariat binosi yaqiniga qulagani, uch kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi. 3 iyul kuni Ukraina qurolli kuchlari quruqlik qo‘shinlari qo‘mondonligi Rossiya dronlari hujumidan so‘ng Poltavadagi hududiy to‘plash markazi binosida yong‘in boshlangani haqida xabar berdi. Poltava oblastining Kremenchug shahridagi yana bir shunday bino 6 iyul kuni zarbaga uchradi.
Rossiya hujumlari fonida Lviv oblastidagi harbiy komissariat binosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deya xabar berdi «Suspіlne» manbasi. Xususan, muassasaga kirish joyida qo‘riqlash kuchaytirilgan.
Vinnitsadagi harbiy komissariatning feysbuk sahifasida muassasa «mamlakatdagi keskin vaziyat tufayli» asosiy manzildagi faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar paydo bo‘ldi. Keyinroq idora postni o‘chirib, yangisini e’lon qildi. Unda aytilishicha, Vinnitsa oblasti harbiy komissariati shaxsiy tarkibi xavfsizlik maqsadida «tarqoq holda» joylashtirilgan. Izohlanishicha, birinchi postdagi ma’lumotlar «tashqi aralashuv natijasida tahrirlangan», shuning uchun o‘chirib tashlangan.
Ukraina qurolli kuchlari Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi harbiy komissariatlar binolarini nishonga olayotganini safarbarlikni buzishga urinish bilan bog‘ladi. «Dushman armiyamizga harbiy xizmatchilarning oqib kelishidan juda qo‘rqadi», – dedi 6 iyul kuni Ukraina qurolli kuchlari quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondonligi spikeri Vitaliy Saransev. Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalardan oldin bir qator minalashlar va harbiy komissariatlar binolariga portlovchi qurilmalarni olib kirishga urinishlar kuzatilgan.
Mavzuga oid
09:50
Tramp: Putin tinchlikni istayapti, kelishuvga Zelenskiy to‘sqinlik qilyapti
19:16 / 14.01.2026
Ukrainada yana korrupsiya mojarosi: Yuliya Timoshenko Rada deputatlarini sotib olishda ayblanmoqda
15:27 / 14.01.2026
BMT: 2025 yil Ukrainada tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi
13:58 / 14.01.2026