Ukraina Oliy radasi 13 yanvar, seşanba kuni bölib ötgan ovoz berişda Ukraina sobiq mudofaa vaziri Denis Şmixalni mamlakat boş vazirining birinçi örinbosari va energetika vaziri lavozimiga tayinlaşni qöllab-quvvatlamadi. Şu kuni Ukraina raqamli transformatsiya böyiça sobiq vazir Mixail Fedorovni mudofaa vaziri etib tayinlaş masalasini körib çiqişga ötiş haqidagi ovoz beriş ham barbod böldi.
Oliy rada deputati Yaroslav Jyeleznyakning Telegram’dagi postiga köra, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Denis Şmixalni Energetika vazirligi rahbari etib tayinlaş taklifi uçun 210 deputat ovoz bergan, 4 deputat qarşi çiqqan, 33 deputat betaraf qolgan, 44 deputat ovoz berişda iştirok etmagan. Qaror qabul qilinişi uçun 226 nafar parlamentariy qöllab-quvvatlaşi talab etilardi.
Bundan oldin şu kuni — 13 yanvarda Ukraina parlamenti iste’fo haqida ariza bergan Ukraina mudofaa vaziri Denis Şmixalni, raqamli transformatsiya vaziri Mixail Fedorovni va Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) rahbari Vasiliy Malyukni egallab turgan lavozimlaridan ozod qiliş töğrisidagi qarorni qöllab-quvvatlagan.
Şuningdek, 2025 yil 19 noyabrda Rada Ukraina energetika vaziri lavozimidan Svetlana Grinçukning iste’fosini ham ma’qullagan edi.












