Jamiyat | 18:54 / 06.06.2019
16556
2 daqiqa o‘qiladi

Qasam qachon dalil o‘rnida o‘tadi?

“Kun hadisi” dasturining bugungi sonida taqdim etiladigan hadis mazmuni “Islomda hukm chiqarish tamoyillari”, deb nomlanadi. Bu mavzu haqidagi hadisni Toshkent shahridagi “To‘lqin Akrom o‘g‘li” masjidi imom-xatibi Sahobiddin Sotimov sharhlab berdi.

Video: Youtube

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Video: Mover (tas-ix)

Abdulloh ibn Abbos (r.a) rivoyat qiladilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Insonlarga da'vo qilingan narsalar berilsa edi, ba'zi kimsalar ba'zi qavmlarning mollarini, jonlarini istardilar. Ammo dalil keltirish da'vo qiluvchining ishidir. Va qasam ichish esa, inkor qiluvchining ishidir”. 

Shariatda hukm shunday narsaki, masalan, inson bir narsani da'vo qildi. Da'vosini isbotlash uchun dalil sobit bo‘ladi. Javobgar bo‘lgan inson agar bu da'voni inkor etsa va qo‘lida dalil-isboti bo‘lmasa u inson qasam ichadi.

Aslini olganda, bugungi kun hadisi mavzusida ko‘tarilgan mavzu fiqhiy masala bo‘lib, uni hayotga tatbiq etish, bandani Yaratgan huzurida yuzi yorug‘ bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Sahobiddin Sotimov tomonidan sharhlangan ushbu hadisning hikmati juda chuqur ma'noga ega. Uni bir bor ko‘rish, tinglash bu mavzuni anglashga xizmat qiladi.

Mavzuga oid