Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulug‘bek Rashidov – Olimpiada chempioni!
O‘zbekistonlik taekvondochi ilk marta Olimpiadada oltin medalga ega chiqdi. 19 yoshli Ulug‘bek Rashidov finalda buyuk britaniyalik raqibini mag‘lub etdi.
-68 kg vazn toifasida Olimpiadaga kelgan o‘zbekistonlik taekvondochi Ulug‘bek Rashidov finalda oltin uchun kechgan bahsda Buyuk Britaniya vakili Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi.
Ulug‘bek Rashidov dastlabki raundni o‘z foydasiga hal qildi (13:8). Ikkinchi raundda teng kurash kuzatildi (5:6). Uchinchi raund esa o‘ta hayajonli kechdi va ustunlik britaniyalik sportchi tomoniga o‘tib ketdi, ammo so‘nggi soniyalardagi harakatlari evaziga ustunlikni o‘ziga qaytargan O‘zbekiston vakili 34:29 hisobida g‘alabaga erishib, oltin medalni o‘ziniki qildi.

Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Tokio Olimpiadasidagi ilk medali bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, Ulug‘bek Rashidov dastlabki bosqichda malilik Seydu Mofanani 38:17 hisobida mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi. Chorak final yo‘llanmasi uchun jangda esa 3 karra jahon chempioni, Olimpiya o‘yinlarining 2 karra sovrindori, shu vazn toifasining birinchi raqamli vakili bo‘lib turgan janubiy koreyalik Li De Hunni qo‘shimcha vaqtlardagi oltin ochkolar orqali mag‘lub etib (21:19), uni turnirdan chiqarib yubordi. Chorak finalda esa eronlik Mirhoshim Hussayni ustidan g‘alaba qozondi (34:22). Final yo‘llanmasi uchun jangda Bosniya va Gersegovina vakili Nejad Hushich osonlik bilan taslim etildi (28:5).
Mavzuga oid
08:53 / 13.08.2025
To‘qayev taekvondo bo‘yicha qora kamar oldi va taxtani sindirdi
23:47 / 11.07.2025
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
11:00 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
15:02 / 30.06.2025