Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi
Faxriy unvonni berish to‘g‘risidagi qaror Koreya taekvondo federatsiyasi tomonidan qabul qilingan.
Foto: Watan habarlary
Turkmaniston xalqi milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Kengashi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga taekvondo bo‘yicha eng yuqori mahorat – «9-dan» darajasi berildi. Bu haqda TDH xabar berdi.
Faxriy unvonni berish to‘g‘risidagi qaror Gurbanguli Berdimuhamedovning Turkmanistonda ushbu sport turini ommalashtirish va taekvondoni rivojlantirishdagi xizmatlarini e’tirof etgan holda Koreya taekvondo federatsiyasi tomonidan qabul qilingan.
Sertifikat va maxsus formani topshirish marosimi Daewoo Engineering & Construction kompaniyasi boshqaruvi raisi Chjon Von Ju va Koreya Respublikasi Kukkivon taekvondo federatsiyasi rahbari Chjon Kap Kil bilan uchrashuvda bo‘lib o‘tdi.
– Men taekvondo bo‘yicha «9-dan» sovrinini turkmanistonlik taekvondochilarga ko‘rsatilgan ehtirom deb bilaman, – dedi Gurbanguli Berdimuhamedov.
Davlat rahbari Turkmanistonda sportning boshqa turlari qatori taekvondoni yanada rivojlantirish uchun barcha sharoit yaratilishini alohida ta’kidladi.
Unga ko‘ra, ushbu sport turi mamlakat yoshlari o‘rtasida keng tarqalgan bo‘lib, turkmanistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi
21:48 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
11:50 / 11.12.2025