Fanlar akademiyasi Nukus filiali va Tailandning Kasetsart universiteti o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish muhokama qilindi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Nukus filiali va Tailandning Kasetsart universiteti (Kasetsart University) rahbariyati o‘rtasida onlayn-mulqot tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston va Tailand ilmiy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilingan.
Tailand vakillari O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik o‘rnatishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.
- Universitetimiz O‘zbekiston ilmiy markazlari bilan yaqin aloqalarga ega. Jumladan, atrof-muhit fakulteti Tailand tashqi ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik agentligi (TICA) ishtirokida «Orol dengizining janubiy qismida ekologik tadqiqotlar uchun infratuzilma yaratish» bo‘yicha innovatsion loyihada ishtirok etmoqda, - dedi Kasetsart universiteti prezidenti Jongrak Vatcharinrat.
Tomonlar O‘zbekistonning tegishli OTMlari bilan muhandislik-texnologiyalari sohasida hamkorlik o‘rnatish, qo‘shma diplomlar taqdim etuvchi ta'lim dasturlarini amalga oshirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish xususida ham fikr almashishgan.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Nukus filiali va Kasetsart universiteti atrof-muhit fakulteti o‘rtasida o‘zaro ilmiy hamkorlik bo‘yicha memorandum loyihasini ishlab chiqish va imzolash bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin NDPI va Rossiya davlat pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolangandi.
Mavzuga oid
16:51 / 21.09.2024
Ilm-fanni moliyalashtirish: taklif qilinayotgan yangi tizim samara beradimi?
10:33 / 08.09.2024
Diametri 40,5 metr, balandligi 22 metr: Ginnessning rekordlar kitobiga kirgan o‘tovdan reportaj
17:52 / 28.08.2024
Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev vafot etdi
14:27 / 27.08.2024