Ilm-fanga bölgan e’tiborning yangi bosqiçiga çiqyapmiz: tadqiqotçilarning oylik maoşlari sezilarli kötarilyapti, ilmiy taşkilotlarning moddiy-texnik bazasi yaxşilanyapti, ilmiy tadqiqot zamonaviy tendensiyalarga moslaştirilyapti. Xususan, prezidentning matematika, fizika va geologiya sohalarini rivojlantirişga oid farmon va qarorlarida katta ahamiyatga ega.

Kim boşqaradi?

“Ilm-fan va ilmiy faoliyat töğrisida”gi qonunda davlatning vakolatli organi sifatida sobiq Innovatsion rivojlantiriş vazirligi belgilangan edi. Ma’muriy islohotlar sababli bu vazirlik Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga aylantirilib, uning tarkibiy qismi sifatida faoliyati bevosita ilm-fanga boğliq bölgan ikki taşkilot – Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi va Innovatsion rivojlaniş agentligi qayta taşkil etildi. Endi bevosita ilmiy faoliyat böyiça davlatning vakolatli organining majburiyati Innovatsion rivojlaniş agentligida qolgandek göyo. Lekin bu qançalik töğri böladi? Avvalo, bu haqida ham yaxşi öylab köriş kerakka öxşaydi. Balki bu agentlikni innovatsion işlanmalar böyiça vakolatli organ qiliş kerakdir. Ilm-fan böyiça esa vakolatli organ sifatida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi munosib nomzod deb hisoblaymiz.

Yaqinda agentlik tomonidan ommaviy muhokamaga qöyilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oşiruvçi taşkilotlar faoliyatini muvofiqlaştiriş va ularni qöllab-quvvatlaşning tubdan yangi tizimini joriy etiş töğrisida”gi prezident farmoni loyihasi olimlar örtasida qizğin muhokamaga sabab bölmoqda. Unda 184 ta ilmiy taşkilotlar davlat budjeti mablağlari hisobidan bazaviy moliyalaşda ekani ma’lumot sifatida keltirib ötilgan bölib, ularni moliyalaştiriş tartibini 2025 yil 1 yanvaridan yangi tartibga ötkaziş taklif etilmoqda.

Unga köra, budjet ilmiy taşkilotlari tomonidan hisobot yilidan keyingi yil uçun işlab çiqiladigan ilmiy-tadqiqot dasturlari ilmiy işlanmalarning iste’molçisi bölgan taşkilotlar talablaridan kelib çiqqan holda yuqori turuvçi vazirlik va idoralar orqali Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligiga ekspertizadan ötkaziş uçun kiritiladi.

Közda tutilgan ekspertiza jarayoni har yili ötkazilişi közda tutilyapti. Keyingi bandlardagi jarayonga qaralsa, bu qançalik vaqt oluvçi, resurs talab etuvçi murakkab jarayon ekani körinadi.

Şu bilan birga, “ilmiy işlanmalarning iste’molçisi bölgan taşkilotlar talablaridan kelib çiqqan holda” degan jumla qöşilişi farmon loyihasini tayyorlovçilar ilmiy tadqiqotlar maqsadi, uning tarkibiy jihatlari va turlari bilan unça ham taniş emasligi körinadi.

Dunyo miqyosida qaralsa, ilmiy işlanmalarning aksariyati qaysidir taşkilotlarning talabidan kelib çiqib amalga oşirilmaydi. Fundamental tadqiqotlar natijalari esa umuman global xarakterga ega bölib, dunyo ilm-fanining rivojlanişida öziga xos lokomotiv vazifasini bajaradi. Qolaversa, mamlakatimizda hali ilmiy işlanmalarni bevosita amaliyotga joriy etişga qodir bölgan taşkilotlar hali şakllanib ulgurmadi. Şu vaziyatdan kelib çiqilsa, ilmiy taşkilotlarimiz tomonidan tuzilgan dasturlar şu vajning özi bilanoq rad etilişi mumkin.

Agentlik va ekspertiza jarayoni

Keyingi xatboşida Agentlik ekspertizani qaysi mezonlarga köra ötkazişi belgilab qöyilyapti. Agentlikning körsatib ötilgan mezonlar böyiça ekspertiza ötkaziş salohiyati savol ostida. Çunki agentlikda Davlat ilmiy dasturlarini şakllantiriş va monitoring qiliş boşqarmasi 7 ştatdan iborat etib tasdiqlangan.

Albatta, agentlik ekspertiza uçun maxsus guruhlar taşkil etiş vakolatiga ega. Lekin bunday guruhlarga kimlar jalb etiladi, ularga haq tölaş (mehnatiga yaraşa) masalalari oçiq qolgan.

Bundan taşqari, berilgan muddat (noyabr-dekabr oylari) xolis ekspertiza qiliş uçun yetarli muddat emas. Qolaversa, bunday ekspertizaning qançalik mantiqli ekani haqida savol tuğiladi. Masalan, Fanlar akademiyasi tarkibidagi Matematika instituti zamonaviy matematikaning kamida 5 ta turli yönalişlarida dasturlar tayyorlasa, ularni ekspertizadan ötkaziş uçun institut mutaxassislaridan boşqa (manfaatlar töqnaşuviga köra, ular guruhga qöşila olmaydi) dastur yönalişlarida tan olingan yetakçi mutaxassislar kiritilişi kerak böladi. Ma’lumki, Matematika instituti mamlakatdagi matematika böyiça yetakçi ilmiy muassasa hisoblanadi. Xöş, bu dasturlar borasida xolis, sifatli xulosa beradiganlar yetarlimi? Xuddi şunday fikrlarni FAning köplab ilmiy taşkilotlariga nisbatan ham qöllaş mumkin.

Reyestr?..

Farmon loyihasining 3-7-bandlarida ilmiy va innovatsion faoliyat yurituvçi yuridik şaxslarning reyestrini taşkil etiş va u asosida reyting baholaş taşkillaştiriş közda tutiladi. Bunday reyestr balki statistik ma’lumotlarni jamlaş, tahlil etiş uçun qulay vositadir, lekin bu reyting asosida tanlovlarda ustunlik beriş (7-band) maqsadga muvofiq emas. Taşkilotning umumiy reytingi aniq bir mavzularda taqdim etilgan loyihalarida ustunlik berişi adolat mezoniga töğri kelmaydi.

Bundan taşqari, reyestrdagi taşkilotlarda faoliyat yurituvçi tadqiqotçilarning hisobi oçilişi va ular haqidagi ma’lumotlarning kiritilişi (katta ehtimol bilan bu tadqiqotçilarning öziga yuklatiladigan majburiyat böladi) ortiqça deb hisoblaymiz. Ilmiy faoliyat bilan şuğullanuvçi olimlarning xalqaro platformalardagi hisoblari bilan integratsiya qilinişining özi yetarli bölardi. Boşqa jihatdan, barça ilmiy tadqiqotçilarni bu yöl bilan nazorat qilişdan katta samara körmayapmiz. Bu ularga qimmatli vaqtini oladigan ortiqça vazifa böladi xolos.

Ilmiy tadqiqotlar qanday moliyalaştirilişi kerak?

Loyihaning 9-10-bandlari bevosita ilmiy va innovatsion tadqiqotlarni moliyalaştirişning loyiha va davlat dasturlari körinişidagi şakliga oid bölib, amaldagi tizimda ham mavjud. Bu tizimni amalda samaraliroq taşkil etiş uçun bu bandlarga aniqlamalar kiritilişi lozim. Yuqorida ta’kidlangan 124 ta taşkilotning dasturlari bu mexanizmdan alohida körilişi kerak. Aynan loyiha va davlat dasturlarini moliyalaştirişni joriy etiş mamlakatdagi fan va işlab çiqariş orasidagi hamkorlikni kuçaytiriş, ilmiy taşkilotlardan taşqarida faoliyat yurituvçi olimlarning tadqiqotlarini qöllab-quvvatlaş, taşkilot dasturlariga kirmagan tadqiqotlar bilan şuğullaniş imkonini beruvçi imkoniyatni aynan şu mexanizm taqdim eta olişi kerak.

Amaldagi tizimda ham yönalişlar böyiça ilmiy-texnik kengaşlar (ITK) öz faoliyatini amalga oşirmoqda. Lekin ularning qarorlari yakuniy xarakterga ega bölmayotgani köplab e’tirozlarga sabab bölmoqda. Yangi joriy etiladigan tizimda aynan ITKlarning qarori moliyalaş uçun yakuniy xarakterga ega bölişi muhim.

Bundan taşqari, imkon bölsa (hozirda ITKlar faoliyati jamoatçilik asosida taşkil etilgani uçun ularning soni köpayişi ortiqça mablağ talab etmaydi) ITKlar sonini köpaytiriş (fan turiga qarab) maqsadga muvofiq. Masalan, amalda fizika, matematika, mexanika yönalişi böyiça bitta ITK faoliyat körsatadi va 3 ta katta yönaliş böyiça qaror çiqarişi kerak bölyapti.

Tayanç doktorantura kvota asosida moliyalanadimi yoki ilmiy loyiha doirasida?

Farmon loyihasining 12-bandi boşqaça talqinlarga sabab bölişi mumkindek. Masalan, unda: “Vazirlikning ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida doktorlik dissertatsiyasini bajarişga qaratilgan amaliy tadqiqot loyihalaridan (keyingi örinlarda – dissertatsion tadqiqot loyihasi) iborat yoş olimlarni qöllab-quvvatlaş dasturlarini şakllantiriş va amalga oşiriş töğrisidagi taklifiga rozilik berilsin” deyilgan.

Bu bilan hozirda ITI va OTMlarga kvota asosida tayanç doktoranturalar tugatiladimi degan savol tuğiladi. Agar bu mavjud tizimga qöşimça ravişda joriy etilayotgan bölsa, unda nafaqat davlat dasturlari, balki ilmiy loyihalar asosida ham dissertatsion tadqiqot loyihasini amalga oşirişga imkon berilsa, maqsadga muvofiq bölar edi.

Loyihadagi 13-band mavjud kvotalarga qöşimça ravişda joriy etilsa, yoş olimlar uçun juda katta imkoniyat beradi deb hisoblaymiz.

14-bandda keltirilgan yoş çegarasi 35 emas, 40 yoşga özgartirilişi kerak. Çunki ilmiy faoliyat bilan izçil şuğullanayotgan yoşlarning aksariyati 30-40 yoş oraliğidagi yoş olimlardir.

Tayanç doktoranturaga qabul qanday bölişi kerak?

Farmonning 15-bandi, 1-ilovada keltirilgan taklifga zid kelmoqda. Xususan, unda tayanç doktorantlikka talabgor ilmiy rahbarining tavsiyasi hamda bölğusi dissertatsiya işi böyiça tadqiqot rejasi (Research proposal) asosiy rol öynaşi belgilangan. Bizningça, bu bandda keltirilgan mezonlardan köra, mana şu mezon köproq rol öynaşi kerak. Tayanç doktoranturada tadqiqotini davom ettirmoqçi bölgan izlanuvçi va uning ilmiy rahbari orasidagi mavjud ilmiy aloqa dissertatsiya işini muddatida muvaffaqiyatli tugallanişida muhim rol öynaydi.

Ajratilgan kvota böyiça (odatda kvotalarga buyurtma ilmiy rahbarlikni rejalaştirgan mutaxassislar tomonidan oldindan beriladi va buning asosida ajratiladi) oçiq konkurs (bandda kiritilgan mezonlar böyiça) uyuştirilsa va bu mezonlarga köra yuqori ball töplagan, lekin ilmiy rahbar rejalaştirib amalga oşirmoqçi bölgan ilmiy tadqiqot işiga tayyor bölmagan davogar ğolib çiqsa, keyingi jarayon qanday ketişi noma’lum qoladi. Xujjat topşirişdagi qonuniy talablar, jumladan, mutaxassislik böyiça tegişli diplomlar, çet tilini biliş sertifikati va ixtisoslik böyiça ilmiy tadqiqot rejasiga oid suhbat (maxsus komissiya tomonidan ötkaziladigan) bizningça yetarli.

Farmon loyihasining 17-21-bandlari ilmiy işlanmalarni tijoratlaştiriş borasidagi işlarni jadallaştirişda muhim rol öynaşini alohida ta’kidlaymiz.

Qanday takliflar bermoqçimiz?

1. Farmonning 1-va 2-bandlari çiqarib taşlansin. Bu taşkilotlarni moliyalaştiriş amaldagi mexanizm asosida qolişi maqsadga muvofiq.

2. Farmonning 6-8-bandlaridagi reyting baholaş tizimi va uning asosida beriladigan ustunlikka oid qismlari ham farmondan çiqarib yuborilişi maqsadga muvofiq. Turli reytinglar tuziş ötmişda ham bajarilgani va bu kutilgan samarani bermagani hisobga olinişi kerak.

3. Farmonning 9-bandi “a” punkti 3-xatboşida keltirilgan muddat örniga yiliga ikki marta – mart va sentabr oylariga qadar e’lon berilişi va natijasi e’lon qilinişi muddati aniq körsatilişi maqsadga muvofiq. Yilda bir marta konkurs e’lon qilinişi hozirgi tezkor zamonda kamlik qiladi.

4. Farmonning 10- va 11-bandlari ilmiy taşkilotlarning amaldagi moliyalaş tizimini bekor qilişni nazarda tutişi sababli olib taşlanişi maqsadga muvofiq. Bunday ilmiy taşkilotlar har qanday davlatning nafaqat ilmiy salohiyatini saqlaşda, balki davlat uçun ilm-fan sohasida kerakli mutaxassislarni tayyorlaş, dunyo ilm-faniga munosib hissa qöşiş, ilmiy tadqiqot işlarini amaliyotga qöllaşda muhim rol öynaşini hisobga oliş kerak. Qolaversa, bu taşkilotlarning moliyaviy ta’minoti boşqa sohalar bilan qiyoslaganda unça katta emas.

Farmon böyiça moliyalaş tizimini bu tarzda özgartirilişi sohadan kadrlar ketib qolişi, ilmiy taşkilotlarning mavhum kelajakka yuz tutişi oqibatida faoliyatining sustlaşuviga olib keladi. Fanlar akademiyasi tizimida unikal obektlarning samarali işlatilişi, mavjud ilmiy salohiyatli jamoalarning tarqalib ketişi butun ilm-fan tizimiga katta zarba böladi deb hisoblaymiz.

5. 14-bandda keltirilgan yoş çegarasi 35 emas, 40 yoşga özgartirilişi kerak. Çunki ilmiy faoliyat bilan izçil şuğullanayotgan yoşlarning aksariyati 30-40 yoş oraliğidagi yoş olimlardir.

6. Farmonning 16-bandi ham ortiqça bölib, markazlaşgan tarzda dissertatsiya mavzulari bazasini yaratiş agentlikda emas, OAKda qolgani ma’qul. Çunki ilmiy tadqiqot işi boşlanişida tanlangan mavzu tadqiqot jarayonida, yakunlarga qarab aniqlaştirilişi mumkin. Bu holda agentlik markazlaşgan bazasida tegişli özgartirişlar kiritiş byurokratik tösiq hosil qiladi. Buning örniga amaldagi tegişli OAK nazorat va monitoringini töla raqamlaştiriş va oçiq ma’lumotlar bazasiga aylantiriş kerak.

Şavkat Ayupov,
Özbekiston qahramoni, akademik

Erkinjon Karimov,
fizika-matematika fanlari doktori