Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev hayotdan köz yumdi. Bu haqda FA xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, yuqori energiyalar fizikasi sohasida xalqaro miqyosda taniqli va e’tirof etilgan olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik Behzod Yöldoşev 2024 yilning 28 avgust kuni 79 yoşida vafot etgan.
Behzod Yöldoşev 1945 yil Toşkent şahrida tuğilgan. U 1968 yilda ToşDUni tugatgan. Özbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida ilmiy xodim (1968—83), direktor (1990 yildan) bölgan. Özbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika ilmiy tadqiqot institutida laboratoriya mudiri (1984—90). Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti (2000-2006) sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy işlari yuqori energiyalar fizikasi, yadroviy fizika va elementar zarralar fizikasiga oid. Behzod Yöldoşev rahbarligida Yadro fizikasi institutida jahon standartlariga mos keluvçi radioizotoplarni keng kölamda işlab çiqariş va çetga sotiş işlari yölga qöyildi; mahalliy toğ-kon sanoati çiqindilaridan asl va nodir metallarni qöşimça ravişda ajratib oliş texnologiyasi işlab çiqildi.
Behzod Yöldoşev Vaşington universiteti fizika fakulteti professori sifatida yuqori energiyali neytrinolarning özaro ta’sirida böladigan yadroviy effektlarni örganiş böyiça ilmiy loyihaga rahbarlik qilgan.
Behzod Yöldoşev bir qança xalqaro akademiyalar va xalqaro jamiyatlar a’zosi, xorijiy universitetlar faxriy doktori bölgan.








