Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 noyabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari
14 noyabr tuni va 15 noyabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Retseptsiz beriladigan dorilar ro‘yxati qisqartiriladi
Foto: Interfaks
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining yangilangan ro‘yxati loyihasini tayyorladi.
>>> Batafsil.
Meteorologlar 2016 yil eng issiq yil bo‘lishini prognoz qilmoqdalar
Foto: © AP
Jahon meteorologiya tashkiloti (BMTning meteorologiya sohasidagi ixtisoslashtirilgan hukumatlararo muassasa) 2016 yil ehtimol ob-havo kuzatuvlari tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin, deb hisoblamoqdalar.
>>> Batafsil.
Rossiya mudofaa vazirligida MiG-29 samolyoti Suriya sohillari yaqinida falokatga uchragani tasdiqlandi,
Foto: TASS
Rossiya mudofaa vazirligi vakili MiG-29 qiruvchi samolyoti "Admiral Kuznetsov" aviatashuvchi kemasidan bir necha kilometr uzoqlikda O‘rta yer dengizida falokatga uchraganini ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
Timoshenko ukrainaliklarni uchinchi Maydanga chorlamoqda
FOTO: EPA
"Batkivshchina" partiyasi yetakchisi, Ukrainaning sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko ukrainaliklarni 15 noyabrda Kiyevda norozilik namoyishi o‘tkazishga chaqirdi.
>>> Batafsil.
Putin va Tramp o‘rtasida telefon orqali ilk suhbat bo‘lib o‘tdi
Foto: Getty Images
14 noyabrda kechki payt Rossiya prezidenti Vladimir Putin telefon orqali AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp bilan suhbatlashdi.
>>> Batafsil.
Rossiya Tergov qo‘mitasi iqtisodiy taraqqiyot vazirini pora ustida hibsga oldi
Foto: /TASS
Rossiya Tergov qo‘mitasi mamlakat iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayevni hibsga oldi, deb xabar qilmoqda qo‘mita vakili Svetlana Petrenko.
>>> Batafsil.
Obama va Bayden memlari internet xitiga aylanmoqda

Respublikachi-milliarder Donald Tramp va Mayk Pens yaqin orada Oq uyga ko‘chib o‘tishadi. Biroq ularning saylovlardagi g‘alabasi fonida AQSh prezidenti Barak Obama va mamlakat vitse-prezidenti Jo Baydenning memlari internet xitiga aylanib bormoqda.
>>> Batafsil.
Italiyaning eng keksa erkagi 111 yoshga to‘ldi
Foto: vistanet.it
Italiyaning eng keksa erkagi, Sardiniya orolidagi Assemini shahrida yashovchi Valerio Piroddi 13 noyabrda 111 yoshini nishonladi.
>>> Batafsil.
Bred Pitt Xitoyda bu davlatga kiritilishi man qilingandan keyingi ilk filmini taqdim qildi
Foto:WireImage
Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Pekinga o‘z vaqtida uning ishtirokidagi "Tibetda 7 yil" (1997) filmi yoqmagan. shundan keyin go‘yoki unga Xitoyga kelish man qilib qo‘yilgan.
>>> Batafsil.
Samsung golografik televizorlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

AQShning patent va savdo markalari bo‘yicha USPTO boshqarmasi Samsung'ning "Tasvir sifatini yaxshilashni ta'minlash uchun golografik displey uskuna va vositalari"ga olgan patent buyurtmasini sir tutgan.
>>> Batafsil.
Messi «Barselona»ni tark etgan taqdirda «Siti»ga o‘tadi

«Barselona» klubi hujumchisi Lionel Messi agar jamoasini o‘zgartirgan taqdirda uni sotib olish uchun eng asosiy da'vogar «Manchester Siti» jamoasi bo‘ladi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020