O‘zbekiston | 23:53 / 30.09.2020
14669
3 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha vakillariga murojaat yo‘lladi

30 sentabr kuni Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida 1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Bu yilgi tabrik avvalgilaridan farq qilib, murojaat tarzida bo‘ldi. Bungacha prezidentning o‘qituvchi va murabbiylarga kasb bayrami munosabati bilan tabrigi matni e'lon qilinar, uni davlat rahbari nomidan biror maslahatchisi o‘qib eshittirar edi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ta'lim va ilm-fanni rivojlantirish yo‘lidagi dolzarb masalalar haqida so‘z yuritib, qator vazifalarni belgilab berdi.

Kun.uz fotomuxbiri taniqli siyosatchilar va jamoat arboblari ishtirokida o‘tgan tadbirdan fotoreportaj taqdim etdi.

O‘zFA Matematika instituti direktori, akademik Shavkat Ayupov
O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi Boriy Alixonov

Markazda – Oliy Majlis Senati raisi o‘rinbosari Zayniddin Nizomxodjayev

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov
MTRK raisi Alisher Xo‘jayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ilhom Abdullayev va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahim Hakimov
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev
Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev

Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov
Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov

O‘zbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir
Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev
Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor Rustam Jo‘rayev
Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Azizov
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov

Bosh vazir Abdulla Aripov

Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov

Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov

Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov

 Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Alisher Umarov

Toshkent shahar hokimi, senator Jahongir Ortiqxo‘jayev

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov
Bosh vazir Abdulla Aripov

Suratlar muallifi – Nuriddin Nursaidov.

Mavzuga oid