Dunyodagi eng badavlat inson Ilon Mask AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan bahslaşuvlari ortidan respublikaçilar va demokratlarning Amerika siyosatidagi uzoq yillik hukmronligiga qarşi çiqadigan yangi siyosiy partiya taşkil etilişini e’lon qildi.
«2 ga 1 nisbatda ustunlik bilan yangi siyosiy partiyani xohladingiz va siz uni olasiz. Mamlakatimiz haddan taşqari xarajatlar va korrupsiya sababli bankrotlik yoqasiga kelib qolganida, biz demokratiyada emas, balki bir partiyali tizimda yaşayotganimiz ayon böladi», – deb yozdi Mask öziga tegişli X ijtimoiy tarmoğida öquvçilari orasida ötkazilgan sörovnomadan keyin. «Bugun sizga ozodligingizni qaytariş uçun „Amerika“ partiyasi tuzildi», – deya qöşimça qildi u.
Amerikalik biznesmen AQŞ Mustaqillik kuni munosabati bilan sörovnoma ötkazgandi. Mask X ijtimoiy tarmoğidagi öquvçilaridan «ikki partiyali siyosiy tizimdan mustaqil bölişni xohlaysizmi?» deb söradi. Unda iştirok etganlarning uçdan ikki qismi (65,4 foiz) buni qöllab-quvvatlagan bölsa, 34,6 foiz foydalanuvçi qarşi çiqdi.
Uning sözlariga köra, ikki partiyali tizimdan mustaqil bölişning «usullaridan biri» – bu «Senatdagi ikki-uç öringa va Vakillar palatasining sakkiz-önta okrugiga e’tibor qaratişdir». «Qonunçilik organidagi minimal ustunlik hisobga olinadigan bölsa, bu bahsli qonunlarga ovoz berişda hal qiluvçi ovozni ta’minlaş va ular xalqning haqiqiy irodasiga javob berişlarini kafolatlaş uçun yetarli», – deydi Ilon Mask.
Hozirça Amerika Federal saylov komissiyasi yangi partiya röyxatdan ötganini tasdiqlovçi biror hujjatni e’lon qilmadi.
Mask Trampni saylovoldi kampaniyasi va respublikaçining ikkinçi muddati boşida ham oğzaki, ham moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlagandi. Biroq, keyinçalik u Tramp ma’muriyatidan uzoqlaşdi, özi tuzgan «Hukumat samaradorligi departamenti» rahbari lavozimini tark etdi (u rasmiy ma’noda haqiqiy vazirlik emas) va keyinçalik ijtimoiy tarmoqlarda yangi budjet masalasida prezidentning özi bilan qattiq torişuvga kirişdi.
Bu bahs yakunlangan hafta davomida qaytadan avj oldi, ammo bu budjet loyihasi Kongressda ma’qullanişiga xalal berolmadi: juma kuni Tramp uni imzoladi.
Mask Tramp taklif etgan budjet loyihasini isrofgarçilik va milliy qarzni oşirişi tufayli tanqid qilib keladi. «Mamlakatimizning xöjasizlik va korrupsiya tufayli xonavayron bölişiga kelsak, biz demokratiyada emas, bir partiyali tizimda yaşayapmiz», – deb yozgan tadbirkor.
Demokratik va Respublikaçilar partiyalari XIX asrning örtalaridan boşlab AQŞda hokimiyatda bir-birini almaştirgan bölsa-da, mamlakatda boşqa partiyalar ham mavjud bölgan va hozir ham mavjud. Mask ilgari demokratlarni ham qöllab-quvvatlagan, ammo ötgan vaqt mobaynida u sezilarli darajada öng tomon evolyutsiya qildi, şuning uçun uning ehtimoliy yangi partiyasi respublikaçilarning ovozini köproq tortib olişi mumkin.

















