BMTning Falastin bosib olingan hududi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Francheska Albaneze 3 iyul kuni Jyenevada inson huquqlari bo‘yicha kengashiga qilgan murojaatida o‘zining navbatdagi hisobotini taqdim etdi. Al Jazeera nashrining yozishicha, hisobotda o‘nlab kompaniyalarni Isroilning falastinliklarga nisbatan repressiya va zo‘ravonliklarini qo‘llab-quvvatlayotgani aytiladi.

«Bosib olingan Falastin hududidagi vaziyat apokalipsis tus olgan. Isroil zamonaviy tarixdagi eng shafqatsiz genotsidlardan biriga javobgardir», – deydi u.

«Okkupatsion iqtisodiyotidan – genotsid iqtisodiyotiga»

Albaneze — dunyo bo‘ylab huquqbuzarliklarni hujjatlashtiruvchi BMT tomonidan tayinlangan o‘nlab mustaqil ekspertlardan biridir. U kengashga taqdim qilgan «Okkupatsion iqtisodiyotidan – genotsid iqtisodiyotiga» deb nomlangan hisobotda Isroilning bosib olingan hududlaridagi aholi punktlarini va G‘azodagi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan 60 dan ortiq kompaniya tilga olingan.

Hisobotda qurol ishlab chiqaruvchilar, texnologiya gigantlari, yirik mashinasozlik firmalari va moliyaviy institutlar Isroilning repressiv harakatlarida «hamkorlik qilganlikda» ayblanadi. Ushbu kompaniyalar bosib olingan hududlardagi ekspansiyani ta’minlashdan tortib, falastinliklarni kuzatish va o‘ldirishgacha bo‘lgan jarayonlarda Isroilga yordam bermoqda.

Siyosiy rahbarlar G‘azodagi qon to‘kilishini to‘xtatish uchun Isroilga bosim o‘tkazishda o‘z mas’uliyatlaridan qochayotgan bir paytda «juda ko‘p kompaniyalar noqonuniy bosib olish, aparteid va endilikda genotsid iqtisodiyotidan foyda ko‘rmoqda» deyiladi hisobotda. «Har bir davlat va har bir korporatsiya bu bosib olish iqtisodiyoti bilan aloqani butunlay uzishi yoki hech bo‘lmaganda uni to‘xtatishi bo‘yicha boshlang‘ich javobgarlikka ega», - dedi Albaneze.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tel-Aviv fond birjasi urush boshlanganidan beri deyarli ikki barobarga ko‘tarilgan. Bu falastinliklarga yetkazilgan azob-uqubatlar bilan keskin kontrastda.

«Oxirgi 21 oy ichida Isroil genotsidi falastinliklar hayoti va yurtini vayron qilayotgan bir paytda Tel-Aviv fond birjasi 213 foizga oshib, bozor daromadi 225,7 milliard AQSh dollariga yetdi. Faqat o‘tgan oyning o‘zida bu raqam 67,8 milliardni tashkil etdi. Bir xalq boyidi, bir xalq yo‘q qilindi. Ko‘rinib turibdiki, ba’zilar uchun genotsid daromadli»,