4 iyul kuni Xonkendi şahridagi Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif bilan uçraşuv ötkazdi.

Özbekiston-Pokiston strategik şeriklik munosabatlarini qabul qilingan «yöl xaritasi» asosida yanada kengaytiriş va mustahkamlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi muloqotlar faol keçayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo hajmi, qöşma korxonalar va töğridan töğri aviaqatnovlar köpaymoqda. Karaçi va Lahorda savdo uylari taşkil etilgan.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallaştiriş, şu jumladan, Transafğon temiryöli qurilişini ilgari surişga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda ötkazilişi rejalaştirilgan Hukumatlararo komissiya yiğilişi va biznes forumini samarali ötkaziş muhimligi ta’kidlandi.

Özbekiston va Pokiston yetakçilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.