O‘zbekiston | 12:59 / 25.10.2019
31513
5 daqiqa o‘qiladi

2020 yildan O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar soni 86taga yetadi (ro‘yxat)

Foto: Shutterstock

 Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining bu haqdagi tegishli qarori qabul qilindi.

 Qayd etilishicha, ikki tomonlama xalqaro shartnomalar va tenglik asosida Ozarboyjon Respublikasi, Gruziya, Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Moldova Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Qirg‘iziston Respublikasi (60 kungacha) va Tojikiston Respublikasi (30 kungacha) bilan ikki tomonlama vizasiz rejim o‘rnatilgan.

 Qolgan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan. Vizasiz rejim sanab o‘tilgan mamlakatlarning fuqarolariga, ularning safar maqsadlaridan qat'i nazar O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha toifadagi pasport (diplomatik, xizmat va umumfuqarolik) egalariga nisbatan qo‘llaniladi. Mamlakatga kirish uchun shaxs amaldagi milliy pasport yoki xorijiy mamlakatlarga safar vaqtida qo‘llaniladigan, uning o‘rniga o‘tadigan, amal qilish muddati vizani rasmiylashtirishdan kamida 6 oyni tashkil qilishi kerak bo‘lgan boshqa hujjatga ega bo‘lishi kerak.

 Vizasiz rejim ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar hududida doimiy yashaydigan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 30 kunlik va 60 kunlik vizasiz rejim O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasini kesib o‘tgan vaqtdan boshlab amalga kiradi va uning tugashiga qadar xorijiy fuqaro respublikadan chiqib ketishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.

 Ro‘yxatda 66 dan 85 gacha ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz rejim 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.

 Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi fuqarolari uchun mamlakatning xalqaro aeroportlari orqali ko‘pi bilan 7 kun muddatga O‘zbekiston Respublikasiga kirishning vizasiz rejimi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlarining bo‘linmalariga yo‘lovchilar to‘g‘risida dastlabki ma'lumotlarni o‘z vaqtida taqdim qiluvchi tashuvchining qaytuvchi aviachiptasi mavjud bo‘lganda 2020 yil 1 yanvardan belgilanadi.

 Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz

rejim joriy qilingan mamlakatlar

RO‘YXATI

Cheklanmagan muddat:

1. Ozarboyjon Respublikasi

2. Gruziya

3. Armaniston Respublikasi

4. Belarus Respublikasi

5. Qozog‘iston Respublikasi

6. Moldova Respublikasi

7. Rossiya Federatsiyasi

8. Ukraina

60 kungacha:

9. Qirg‘iziston Respublikasi

30 kungacha:

10. Avstraliya Ittifoqi

11. Avstriya Respublikasi

12. Argentina Respublikasi

13. Bosniya va Gersegovina

14. Vatikan

15. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi

16. Vengriya

17. Bruney-Dorussalom davlati

18. Isroil davlati

19. Gretsiya Respublikasi

20. Irlandiya

21. Islandiya

22. Italiya Respublikasi

23. Kanada

24. Andorra Knyazligi

25. Lixtenshteyn Knyazligi

26. Monako Knyazligi

27. Belgiya Qirolligi

28. Daniya Qirolligi

29. Ispaniya Qirolligi

30. Niderlandiya Qirolligi

31. Norvegiya Qirolligi

32. Shvetsiya Qirolligi

33. Latviya Respublikasi

34. Litva Respublikasi

35. Malayziya

36. Mo‘g‘uliston

37. Yangi Zelandiya

38. Birlashgan Arab Amirliklari

39. Portugaliya Respublikasi

40. Bolgariya Respublikasi

41. Indoneziya Respublikasi

42. Kipr Respublikasi

43. Koreya Respublikasi

44. Malta Respublikasi

45. Polsha Respublikasi

46. San-Marino Respublikasi

47. Serbiya Respublikasi

48. Sloveniya Respublikasi

49. Tojikiston Respublikasi

50. Xorvatiya Respublikasi

51. Chili Respublikasi

52. Ruminiya

53. Singapur

54. Slovakiya Respublikasi

55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi

56. Turkiya Respublikasi

57. Braziliya Federativ Respublikasi

58. Germaniya Federativ Respublikasi

59. Finlyandiya Respublikasi

60. Fransiya Respublikasi

61. Chernogoriya

62. Chexiya Respublikasi

63. Shveytsariya Konfederatsiyasi

64. Estoniya Respublikasi

65. Yaponiya

66. Antigua va Barbuda

67. Barbados

68. Beliz

69. Grenada

70. Dominika Respublikasi

71. Meksika Qo‘shma Shtatlari

72. Gvatemala Respublikasi

73. Gonduras Respublikasi

74. Kosta-Rika Respublikasi

75. Kuba Respublikasi

76. Nikaragua Respublikasi

77. Panama Respublikasi

78. Trinidad va Tobago Respublikasi

79. El-Salvador Respublikasi

80. Sent-Vinsent va Grenadin

81. Sent-Lyusiya

82. Bagama Orollari Hamdo‘stligi

83. Dominikana Hamdo‘stligi

84. Sent-Kits va Nevis Federatsiyasi

85. Yamayka

 7 kundan ko‘p bo‘lmagan:

 86. Xitoy Xalq Respublikasi, shu jumladan, Xitoy Xalq Respublikasining Gonkong maxsus ma'muriy hududi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid