Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 10 fevraldagi 49-son qarori bilan “Özbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Qarorga köra, Milliy koordinatalar tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat böladi:

  • Milliy geodeziya referens datumi;
  • Yer gravitatsiya maydonining global modeli;
  • Milliy koordinatalar tizimining boşlanğiç nol nuqtasi;
  • Davlat geodeziya tarmoği punktlari kataloglari;
  • Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasi.

Şuningdek, Milliy koordinatalar tizimining boşlanğiç nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand şahridagi Çöponota tepaligida joylaşgan Davlat geodeziya punkti etib belgilandi.

Qayd etilişiça, EGM2008 Milliy koordinatalar tizimida Yer gravitatsiya maydonining global modeli hisoblanadi.

Nizomga muvofiq, Milliy koordinatalar tizimi ma’lumotlar bazasidan Milliy koordinatalar tizimining veb-sahifasi orqali foydalaniş nazarda tutilgan.