Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi Inha universiteti professor yordamchisi Buyuk Britaniyada ta'lim olish huquqini qo‘lga kiritdi
Toshkent shahridagi Inha universiteti professor yordamchisi Sarvar Nishonboyev Buyuk Britaniyadagi universitetning magistraturasida ta'lim olish imkonini beradigan Chevening stipendiyasini yutib oldi. Bu haqida IUT rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Sarvar Nishonboyev Toshkent shahridagi Inha universitetida dasturlash bo‘yicha professor yordamchisi bo‘lib ishlaydi. U bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olgan.
Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘qituvchisi joriy yilda Buyuk Britaniya hukumatining Chevening dasturi tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tdi va dunyoning qadimiy universitetlaridan birida ta'lim olish huquqini qo‘lga kiritdi.
Sarvar Nishonboyev shunday dedi: “Men Buyuk Britaniyada ta'lim olishni orzu qilar edim va mening orzuim amalga oshdi. 2015-yilning noyabr oyida Chevening dasturiga hujjatlarimni topshirdim va yaqinda Chevening stipendiyasini yutib olganligim to‘g‘risida xat oldim”.
“Dastur talabiga ko‘ra, ta'lim olish uchun uchta Britaniya universitetini tanladim va hujjatlarimni topshirdim. Edinburg Universiteti va Lids Universitetida o‘qishga qabul qilindim. Men o‘ylab ko‘rib, Edinburg Universitetini tanladim. Mazkur universitet dunyoning eng qadimiy oliy o‘quv yurtlaridan biridir,” – dedi u.
Nishonboyevning aytishicha, Edinburg Universitetida u informatika (Computer Science) yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada ta'lim oladi. “Magistraturada ta'lim olib bo‘lgach, men bilim olishni davom ettirmoqchiman va doktorlik (Ph.D) darajasini olish istagim bor. Keyinchalik esa albatta o‘z yurtimda o‘zbekistonlik yoshlarga ta'lim berish niyatim bor”, - dedi u.
Mavzuga oid
13:13 / 10.01.2026
Germaniya, Fransiya va Britaniya Rossiyaning “Oreshnik” raketa zarbasini qoraladi
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
11:07 / 15.12.2025
O‘zbekiston universitetlari YeI tadqiqot dasturlarida ishtirokini kuchaytiradi
09:31 / 15.12.2025