Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi 35 mln so‘m pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy davlat universitetining mansabdor xodimi mazkur ta’lim muassasasining o‘quv xonalarini ta’mirlab bergan mas’uliyati cheklangan jamiyatga xizmat haqi sifatida to‘lanishi lozim bo‘lgan 189 mln so‘m mablag‘ni MChJning hisob raqamiga o‘tkazib berish evaziga, tamagirlik yo‘li bilan 35 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
21:56 / 04.07.2026
Dorixona ochishga litsenziya berish uchun pul talab qilgan mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:31 / 04.07.2026
Navoiyda ikki o‘smir cho‘milishga borib vafot etdi
08:19 / 02.07.2026
Jizzax va Samarqandda advokatlar ushlandi
09:00 / 01.07.2026