Özbekiston elçisi Ravşan Usmanov Britaniyaning Hali Publishing naşriyot kompaniyasi boş muharriri Ben Evans bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qildi.

Uçraşuvda Ben Evans Hali Publishing naşriyotining keng imkoniyatlari, xususan, nodir kitob va adabiyotlarni naşrga tayyorlaş hamda bu jarayonda zamonaviy innovatsiyalarni qöllaş tajribasi haqida ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlaşiça, kompaniya ayni paytda özbek milliy matolari va sözanalariga bağişlangan kitobni naşr etiş arafasida. Tomonlar mazkur loyiha doirasida Özbekistonning manfaatdor idora va taşkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş masalalarini ham muhokama qildi.

Suhbat yakunida Hali Publishing bilan Özbekistonning tegişli idora va taşkilotlari örtasida hamkorlik aloqalarini örnatiş böyiça kelişuvga erişildi.

Ma’lumot uçun, Hali Publishing 1978 yilda taşkil topgan bölib, Britaniyada joylaşgan nufuzli naşriyot kompaniyasi hisoblanadi. Naşriyot asosan antik va zamonaviy qöl mehnati bilan tayyorlangan tarixiy va osori-atiqalarga bağişlangan naşrlarni tayyorlaşga ixtisoslaşgan.