Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kot-d'Ivuar kakao narxi tushishi sababli byudjyetini qayta ko‘rib chiqadi
Foto: Reuters
Dunyoda kakao ishlab chiqaruvchi eng yirik davlat Kot-d’Ivuar o‘tgan yil o‘rtasida kakao narxi tushib ketgani sababli 2017 yil uchun byudjyetini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Mamlakatning aloqa, iqtisodiyot va fan vaziri Bruno Kone kakao narxining keskin pasayishi mamlakat iqtisodiyotiga ta'sir qilmasligiga ishonchi komilligini aytgan.
"Kot-d'Ivuarda kakao narxi pasayganiga qaramasdan, bu xarajatlarga bardosh berish uchun zaxiralar yetarli. Bu anchagina pasayish bo‘ladi, biroq mamlakat moliyaviy muvozanatining yo‘qolishiga olib kelmaydi. Bunda hech qanday fojiali narsa yo‘q", deb aytgan vazir.
Kot-d'Ivuarning 2016 yilgi byudjyet defitsiti yalpi ichki mahsulotining 3,8 foizini tashkil qilgan. Hukumat 2017 yilda bu ko‘rsatkich 3,4 foizgacha qisqarishiga umid bildirmoqda.
Mavzuga oid
19:31 / 08.01.2025
Olimlar qish mavsumi uchun eng foydali ichimlikni ma’lum qildi
17:20 / 04.11.2020
Kot-d'Ivuar aholisi prezident saylovidan so‘ng zo‘ravonliklardan xavfsirab mamlakatni tark etmoqda
00:58 / 20.08.2020
Shveytsariyada “kakaoli yomg‘ir” bo‘lib o‘tdi
21:47 / 12.08.2020