Dunyoda eng tez qimmatlayotgan tovarlar ma'lum qilindi

Mutaxassislar oxirgi oylarda keskin kimmatlagan tovarlarni ma'lum qilishdi. Vaholanki, koronavirus pandemiyasi boshida bu mahsulotlar narxi keskin tushib ketgandi.
Ayni vaqtda eng tez qimmatlayotgan tovarlar qahva, kakao, shakar va paxta bo‘lmoqda. Pandemiya boshida bu mahsulotlar lokdaunlar kiritilishi ortida ancha arzonlashib ketgan, biroq ularga yana talab oshgani ortida ancha qimmatlashishi mumkin, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.
Jumladan, mart oyida kakao 17 foizga, paxta 18 foizga, shakar 27 foizga arzonlashib ketgan. Qahva esa mart oxirida biroz qimmatlagan, ammo aprel-may oylarida narxi 15foizga tushib ketgan.
Oxirgi oy davomida kakao narxi AQShning ICE birjasida 17 foizga oshib, bir tonnasiga 2488 dollarni tashkil qilgan. Qahva narxi 14 foizga oshib, bir funti uchun 1,12 dollarni (1 kg uchun 2,47 dollar) tashkil qilgan.
Shakar va paxta narxi esa 1 maydan mos ravishda 10 va 19 foizga ko‘tarilgan.
Pandemiya vaqtida ushbu tovarlarning eng yirik yetkazuvchilari (Braziliya, Vetnam va Hindiston) eng ko‘p zarar ko‘rgan.
Mutaxassislarning fikricha, narxlar oshishiga dollarning pastlagani ham sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Jonni xatarga qo‘yib... “Oshqozon”siz ozish orzusi haqida
Jamiyat | 17:46 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Remontada bo‘lmadi. «Arsenal» «Real»ni tojdan mahrum etdi
Sport | 03:04
-
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda
Jahon | 01:01
-
Rossiyada davlatga xiyonat uchun sudlanganlar soni SSSR davridan beri rekord ko‘rsatkichga chiqdi
Jahon | 00:29
-
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Jamiyat | 23:57 / 16.04.2025
Mavzuga oid

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025
Paxtani o‘z hisobidan yetishtirganlarga subsidiya ajratiladi

19:04 / 20.01.2025