Odamlar avtomobillar, uylar va yer şokolad rang bilan qoplanganidan bir tomondan taajjublansa, boşqa tomondan xavotirga tuşgan. Şundan keyin buning sababi nima ekanligini aniqlaşga kirişib ketilgan.
“Aybdor” esa tezda topilgan. Aniqlanişiça, u Olten yaqinida joylaşgan Lindt & Sprüngli kompaniyasiga tegişli fabrika bölgan. Kompaniya vakillarining ta'kidlaşiça, korxonada şamollatiş tizimi işdan çiqqan va şu sababli kakao kukuni taşqariga çiqib ketgan. Söngra uni şamol tözğitib yuborgan.
Fabrikada nosozlik bartaraf etilgan va “kakaoli yomğir” odamlarga va atrof-muhitga heç qanday xavf solmasligi aytilgan. Şuningdek, kompaniya vakillari transport va uylarni kakaodan tozalaş böyiça barça xarajatlarni qoplaşga va'da bergan.











