O‘zbekiston | 17:13 / 11.08.2023
9859
1 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda yangi o‘quv yili 4 sentabrdan boshlanadi

Dars jarayonlari qo‘shimcha dam olish kunlari sabab 4 sentabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

O‘zbekistondagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024 o‘quv yili 2023 yil 4 sentabr, dushanba kuni boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

Prezidentining «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, sentabrda o‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam oladi:

- 2023 yil 1 sentabr (juma) - dam olish kuni;

- 2023 yil 2 sentabr (shanba) - olti kunlik ish haftasiga ega bo‘lgan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

- 2023 yil 3 sentabr (yakshanba) taqvim bo‘yicha dam olish kuni.

Mavzuga oid