Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ayrim o‘qituvchilarning oylik maoshi oshirilishi mumkin
Prezident huzurida o‘tkazilgan taqdimotda 2025 yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifati va pedagoglar malakasini oshirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
O‘quvchilarning fanlarga qiziqishi va o‘rganishi ko‘p jihatdan murabbiylarning bilim va mahoratiga bog‘liq. Shu bois pedagoglarning malakasini oshirishga zarur sharoit yaratilib, baholash tizimi takomillashtirib borilmoqda.
Mutasaddilar avvalo shu haqda axborot berdi. Qayd etilganidek, attestatsiyada ilg‘or texnologiyalarga asoslangan yangi tartib joriy etilgan. Unda 190 mingdan ziyod o‘qituvchilar qatnashib, shundan 51 ming nafarining toifasi oshirilgan.

Maktablarda bilimli va izlanuvchan pedagoglar ko‘payishini doimiy rag‘batlantirish zarurligi ta’kidlandi.
2025 yil sentabrdan oliy va birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilarning oylik maoshini oshirish taklifi bildirildi.
Attestatsiyadan o‘tolmagan, tajribasi yetarli bo‘lmagan o‘qituvchilar uchun alohida dastur ishlab chiqib, malakasini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Bu borada malaka oshirish markazlari hamda pedagogika kollejlari imkoniyatlaridan to‘la foydalanish zarur. Shu maqsadda, Prezident maktabi tajribasi asosida, Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida bog‘cha va maktablarning rahbar hamda pedagoglarini har 5 yilda malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Hududlardagi 11 ta pedagogika kollejini Malaka oshirish markazlari tasarrufiga o‘tkazib, xorijdan trenerlarni jalb etish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
10:49 / 09.02.2026
“3+1” va “2+2”: Saffolk universiteti bilan qo‘shma ta’lim loyihalari rejalashtirilmoqda
22:37 / 07.02.2026
Yangi avlodning aqliy salohiyati ota-onalarinikidan past – neyrobiolog
13:53 / 07.02.2026
O‘zbekistonliklar ta’limga 39 trln so‘mdan ortiq mablag‘ sarfladi
19:18 / 06.02.2026