“Toşkent şahrida boks va gimnastikaga ixtisoslaştirilgan sport maktablari faoliyatini taşkil etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 sentabrgaça:
- ixtisoslaştirilgan sport maktablari uçun maqbullaştirilgan öquv rejalari işlab çiqiladi. Bunda, Özbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining çuqurlaştirilgan holda öqitilişiga hamda umumlaşgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda örgatilişiga alohida e’tibor qaratiladi;
- ixtisoslaştirilgan sport maktablarida ikkinçi xorijiy tilni örgatiş yölga qöyiladi;
- har bir tuman va şahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari taşkil qilinadi.
Ixtisoslaştirilgan sport maktablarida:
- öquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus ta’lim dasturlari böyiça taşkil etiladi;
- qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;
- ta’lim jarayoni öquvçilar soni 12 nafardan 24 nafargaça sinflarda amalga oşiriladi;
- öquvçilarining umumiy çeklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.
2024-2025 öquv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda maşhur sportçilar iştirokida mahorat darslari ötkaziladi.
Ixtisoslaştirilgan sport maktablari öquvçi-sportçilari Özbekiston çempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida töğridan töğri iştirok etadi.
Şuningdek, ixtisoslaştirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika böyiça trenerlar maktabi taşkil qilinadi.
2024 yil 1 sentabrdan ixtisoslaştirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgaça ustama tölaş tartibi joriy etiladi.








