O‘zbekiston | 19:08 / 27.04.2020
36241
2 daqiqa o‘qiladi

Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashdi 

26 mart kunidan e'tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. 29 aprel kunidan boshlab bu mahsulotning narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.

29 aprel kunidan O‘zbekistonda Ai-92 markali benzin narxi yana 500 so‘mga arzonlashadi va 5500 so‘m qilib belgilandi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan iste'molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi.

AYoQShlarda sotilayotgan mahsulot turlari, ularning narxlari hamda joylashgan manzillari haqida to‘liq va aniq ma'lumotlarni @UNG_Petro_Bot telegram kanali orqali olishingiz mumkin», deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabarida.

«O‘zbekneftgaz» matbuot xizmati ga ma'lum qilishicha, kelgusida Ai-80 ham Ai-91 markalaridagi benzin narxlari ham keskin tushishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan edi. 2020 yilning 1 mart kunidan boshlab, ushbu AYoQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirilgandi.

2020 yilning 26 mart kunidan esa Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. 

Mavzuga oid