"Özbekneftgaz" AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvçi dizel yoqilğisi sotuvini yölga qöyganligi haqida xabar berilgan edi. 

Ayni paytda poytaxt va Toşkent viloyatida, Namangan, Farğona, Andijon, Guliston, Jizzax, Samarqand va Qarşi şaharlaridagi 45 dan ortiq yoqilği quyiş şoxobçalarida yuqori sifatli neft mahsulotlarining sotuvi yölga qöyilgan. 

“Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabariga köra, 1 martdan boşlab uşbu AYoQŞlardagi dizel yoqilğisining narxi 7500 sömdan 7300 sömga pasaytirildi. 

—  Odatda, narx talab va taklif örtasidagi muvozanat nuqtasida belgilanadi, - deydi “Özbekneftgaz” AJga qaraşli «UNG Petro» MÇJ direktori Mirzohid Musayev. — Mahsulot narxini pasaytiriş talabni oşiradi va taklifni kamaytiradi. Bundan taşqari iste'molçilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, şuningdek, birjada dizel yoqilğisini sotib oliş xarajatlari kamaygani munosabati bilan dizel yoqilğisining narxi kamaytirildi. Bu bilan uşbu mahsulotni sotiş hajmini oşirişga erişamiz. 

Bildirilişiça, “Özbekneftgaz” yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoği orqali sotiladigan dizel yoqilğisining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilğisi narxidan 9 foiz, AI-92 markali benzin narxidan esa 14 foiz arzondir.

Korxona yaqin kunlarda yuqori sifatli Ai-95 markali benzinni aholiga sotişni rejalaştirmoqda, deyiladi xabarda.