“Özbekneftgaz” AJ UNG milliy brendi ostidagi yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoğida AI-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvçi dizel yoqilğisi sotuvini yölga qöygan, deb xabar bermoqda “Özbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.
Bildirilişiça, 2020 yilning 1 martidan boşlab uşbu AYoQŞlardagi dizel yoqilğisining narxi pasaytirilgan edi. Ertaga, 26 mart kunidan e'tiboran esa, AI-92 markali benzinning narxi 6200 sömdan 6000 sömga kamaytirildi.
“Iste'molçilarga işonç bilan aytiş mumkinki, boşqa markadagi benzin mahsulotlari va dizel yoqilğisining narxlari ham bosqiçma-bosqiç kamaytirib boriladi.
“Özbekneftgaz” avvalo, iste'molçilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, şuningdek, birja savdolarida benzin sotib oliş xarajatlari kamaygani munosabati bilan benzinning narxini pasaytirib boradi”, - deyiladi ma'lumotda.
Narxlar masalasida ta'kidlanişiça, “Özbekneftgaz” yoqilği quyiş şoxobçalari tarmoği orqali sotiladigan dizel yoqilğisining narxi xorijiy kompaniyalar tomonidan sotiladigan dizel yoqilğisi narxidan 9 foiz, AI-92 markali benzin narxidan esa 16,6 foizga arzon.
Bundan oldin, benzin narxi arzonlaşişi kutilayotgani xabar berilgandi.

















