Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-saralashi. Ukraina Turkiyani yengib, birinchi o‘ringa ko‘tarildi (turnir jadvali)
Foto: FIFA matbuot xizmati
Ukraina terma jamoasi JCh-2018 saralashida Turkiya ustidan zafar quchdi. Xarkovdagi «Metallist» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Artyom Kravets uzatgan to‘pni Andreya Yarmolenko darvozaning uzoq burchagiga yo‘llab hisobni ochdi.
42-daqiqada Yevgeniy Konoplyanka chap qanotda yugurib markazda turgan Yarmolenkoni to‘p bilan ta'minladi, bu hujumchi esa bir necha himoyachilar va darvozabonni aldab o‘tib, to‘pni bo‘sh qolgan darvozaga yo‘lladi.
Guruhdagi yana bir uchrashuvda Yevro-2016 qahramonlari Islandiya terma jamoasi Finlyandiyaga yutqazdi. Xorvatiya va Kosovo uchrashvi esa noqulay ob-havo tufayli qoldirildi.
I guruhida endi quyidagi vaziyat yuzaga kelgan: 1. Ukraina — 14 ochko; 2. Xorvatiya — 13; 3. Islandiya — 13; 4. Turkiya — 11; 5. Finlyandiya — 4; 6. Kosovo — 1.
JCh-2018 saralashi
I guruhi, 7-tur
Ukraina – Turkiya 2:0 (2:0, 0:0)
Gollar: 1:0 – 18 Yarmolenko, 2:0 – 42 Yarmolenko.
Ukraina – Pyatov, Matviyenko, Krivtsov, Xacheridi, Butko, Rotan (Malinovskiy, 79), Stepanenko, Kovalenko, Konoplyanka (Zinchenko, 90), Yarmolenko, Kravets (Besedin, 70).
Turkiya – Bobojon, Keybashi, O‘zbayroqli, Aziz (Suyunji, 73), To‘pal, Under, Jigerji, Belezo‘g‘li, To‘fan (O‘zyoqub, 60), Chalxono‘g‘li (Turon, 68), To‘sun.
Ogohlantirishlar: Besedin (71), O‘zyoqub (86).
Finlyandiya – Islandiya 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 8 Ring.
Finlyandiya – Gradetski, Toyvio (Granlund, 70), Uronen, Arayuuri, Oyala (Vyaysyanen, 33), Ring, Xyamyalyaynen, Xetemay (Lam, 83), Lod, Sparv, Markkanen.
Islandiya – Xaldersson, Sevarsson (Gislason, 60), Magnusson, Sigurdsson, Arnason, Xadlvredsson (Sigurdarson, 60), Sigurdsson, Gudmundsson, Byarnason, Gunnarsson, Finnbogason (Bedvarsson, 88).
Ogohlantirishlar: Lod (27), Sigurdsson (32), Uronen (43), Gunnarsson (45), Xadlvredsson (46), Arayuuri (71), Gislason (73), Markkanen (81), Skulason (86).
Chetlatish: Gislason (75).

Mavzuga oid
21:58 / 09.06.2021
Yevro-2020, C guruhi: o‘yinlar taqvimi, faktlar va tarkiblar
07:00 / 12.11.2017
Marokash va Tunis JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
16:40 / 10.11.2017
Buffon bilan, ammo Ibrasiz. Italiya Shvetsiyaga qarshi
20:30 / 09.11.2017