Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marokash va Tunis JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Afrika qit'asida jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan barcha terma jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi.
«A» guruhida Tunis Liviyani qabul qilib, golsiz durangni qayd etdi. Bu natija mezbonlar uchun JCh-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘ldi. Endi Tunis o‘z tarixida 5-marta mundialda ishtirok etadi (1978, 1998, 2002, 2006, 2018).
JCh-2018 saralashi, Afrika
«A» guruhi
Tunis - Liviya - 0:0
Kongo DR - Gvineya - 3:1
Gollar: Sidibe (61 avtogol), Bolingi (90+2 pen), Kebano (90+3) - Keyta Junior (71)
«S» guruhida yo‘llanma uchun Kot D'Ivuar va Marokash bahs yuritishdi. Mezbonlarni bu o‘yinda faqat g‘alaba qoniqtirardi. Biroq, mehmonlar himoyada ishonchli harakat qilib, raqibni qarshi hujumlarda 2 marta jazoladi. Natijada, Marokash o‘z tarixida 5-marta jahon chempionatida ishtirok etadigan bo‘ldi (1970, 1986, 1994, 1998, 2018).
JCh-2018 saralashi, Afrika
«S» guruhi
Kot D'Ivuar - Marokash - 0:2
Gollar: Dirar (25), Benatia (30)
Avvalroq, Afrika qit'asidan Misr, Nigeriya va Senegal JCh-2018 yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.
Mavzuga oid
11:41 / 25.04.2026
Marokash turizmni kuchaytirish uchun yirik megaloyiha ochdi
11:30 / 18.03.2026
Senegaldan Afrika chempionligi qaytarib olindi va Marokashga berildi
11:31 / 19.01.2026
Finalda drama. Senegal maydonni tashlab ketdi, lekin qaytib chempionga aylandi
11:56 / 03.10.2025