Jahon | 22:40 / 21.10.2024
7176
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilardan undiriladigan yig‘imlar miqdorini kamaytirdi

Yig‘imlar taxminan 99 AQSh dollari miqdorida kamaytirilgan.

Foto: Transport vazirligi

Afg‘oniston o‘zbekistonlik haydovchilaridan mamlakat hududida undiriladigan yig‘imlar miqdorini umumiy hisobda 6500 afg‘oniyga (taxminan 99 AQSh dollari) kamaytirdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Jumladan, Amudaryo ko‘prigidan o‘tish uchun avval 12 ming afg‘oniy (taxminan 182 AQSh dollari) miqdorida undiriladigan yig‘imni 28 sentabrdan 7 ming afg‘oniy (taxminan 106 AQSh dollari) etib belgilandi.

Afg‘onistonga yuk mashinasining kirishi uchun avval 5 ming afg‘oniy (taxminan 76 AQSh dollari) miqdorida undiriladigan yig‘im esa 3,5 ming afg‘oniy (taxminan 53 AQSh dollari) etib belgiladi.

Qayd qilinishicha, Transport vazirligi tomonidan Transafg‘on multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlariga qulay sharoitlar yaratish, undiriladigan yig‘imlar miqdorini optimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid