Jahon | 00:22
547
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan afg‘on askarlarini yo‘q qildi

To‘qnashuv Haybar-Paxtunxva viloyatining G‘ulom-Xon tumanida sodir bo‘ldi.  

Foto: Anadolu

Pokiston qurolli kuchlari chegara postini egallashga uringan 37 nafar afg‘on askarlarini yo‘q qildi. Bu haqda Pokiston axborot va teleradioeshittirishlar vaziri Attoullo Tarar ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuv 2 apreldan 3 aprelga o‘tar kechasi Haybar-Paxtunxva viloyatining G‘ulom-Xon tumanida sodir bo‘lgan.  Afg‘onistonning 80 nafardan ortiq askari yaralangan. Tarar Pokiston tomonidan yo‘qotishlar bo‘lgan-bo‘lmagani haqida ma’lumot bermadi.

Tararning bildirishicha, fevral oxiridan buyon sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda Kobul kamida 796 nafar askaridan ayrilgan va mingdan ortiq harbiy xizmatchisi jarohatlangan. 

Pokiston qo‘shni mamlakatdagi 81ta obektga zarba bergan, 286ta blokpostni yo‘q qilgan, yana 44tasini o‘z nazoratiga olgan. Bundan tashqari,  

26 fevral kuni Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi to‘qnashuvlar qayta avj olgandi. Kobul Pokistonning Afg‘oniston hududiga bergan aviazarbalariga javoban harbiy operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qilgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid