Namangandagi “IT-Park” yil oxiriga qadar 4000 nafardan ziyod yoshlarni dasturlash mutaxassisi qilmoqchi

Foto: KUN.UZ
Bundan 4 oy avval Namangan tajribasi sifatida viloyatda 13 ta “IT-Park” boshqaruvidagi “IT-School” o‘quv markazlari tashkil etilgan edi. Qisqa muddatda ushbu markazda 400 dan ortiq shu sohaga qiziqqan yoshlar o‘z bilim va malakalarini oshirishdi.
Ayni damda viloyatdagi “IT-School” o‘quv markazlarida 40 nafardan ziyod o‘qituvchi trener faoliyat olib bormoqda. O‘qitish Hindiston davlati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “IT-Park” metodikasi asosida tashkil etilmoqda.
Viloyatdagi ishsiz, “yoshlar daftari” va “temir daftar”da turuvchi yoshlar vakillari uchun 2021 yil 23 mart kunidan boshlab 9 oylik “Futere skills” loyihasi boshlandi. Mazkur loyiha asosida 70 nafar ishsiz yosh ishtirok etib, maxsus kurslarda o‘qimoqdalar. Loyiha davomida yoshlar loyihalarni ishlab chiqish, daromad topish bilan shug‘ullanishlari ko‘zda tutilgan. Bitiruvchilarning eng yaxshi 30 foizi “IT-park” direksiyasi tomonidan ushbu sohadagi kompaniyalarda ish boshlashlariga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Bu yerda oyda bir marotaba Amerika Qo‘shma Shtatlaridan tashrif buyurgan Software engineer Emili Rodrigez ishtirokida o‘quv markazi tinglovchilari uchun master-klass tashkil etilyapti.
Bugungi kunga qadar 17 815 nafar viloyat vakili “Bir million dasturchi” onlayn platformasidan ro‘yxatdan o‘tkazilib, o‘quvlarga jalb etildi.
Hozirgi kunda ushbu markazlarda 1200 nafardan ziyod tinlovchi axborot texnologiyalari yo‘nalishida tahsil olyapti. O‘tgan 4 oy davomida 460 nafar yosh kompyuter savodxonligi kurslari bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Yil oxiriga qadar 4000 nafardan ziyod yoshni dasturlash yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassis sifatida tayyorlash, eng yaxshi bitiruvchilarni frilatserlik faoliyatiga yo‘naltirish, rezidentlar sonini oshirish kabi ko‘plab ustuvor maqsadlar o‘z oldiga qo‘ygan, — deydi “IT-Park” viloyat direktori Muhammadali Ubaydullayev.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Ukraina Volgograddagi harbiy aerodromga hujum qildi. Ikkita Su-34 samolyoti yo‘q qilingani aytilmoqda
Jahon | 23:31 / 27.06.2025
-
Toshkent metrosida yosh bola poyezd yo‘liga tushib ketgani rad etildi
Jamiyat | 23:04 / 27.06.2025
-
Toshkentda tirbandliklarni prognoz qiladigan markaz ish boshladi, aka 3 yoshli ukasini sotuvga qo‘ydi, Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» bilan taqdirlandi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:53 / 27.06.2025
Mavzuga oid

09:10 / 17.05.2025
Namangandagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

14:18 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Kun.uz tanqid qilgan masala bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlashni buyurdi

18:58 / 18.04.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:51 / 08.03.2025