Viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda öquvçilarga avtomobilni ijaraga beriş avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoşlar majruh bölib qolyapti. Ölim bilan tugayotgan holatlar ham köp.

Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sohasi böyiça bölib ötayotgan selektorda aytib ötdi.

Prezident içki işlar boşliqlari, viloyat va tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlaşda sustkaşlikka yöl qöyayotganini aytdi.

Şu munosabat bilan bolalarga maşina boşqarişni berganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça qonun loyihasini tayyorlaş topşirildi.

Namanganda maktab öquvçilariga avtomobilni ijaraga beriş “biznesi” gullayotgani haqida Kun.uz bir neça bor yozgandi. Xususan, 17 aprel kuni “Namanganda “biznes”ga aylanayotgan “yezda” va halok bölayotgan bolalar: mas’ullar nazoratni yöqotdimi?” sarlavhali maqola e’lon qilingan.

Maqolada namanganlik maktab öquvçilari ijaraga olingan maşinada yana avtohalokatga uçragani, maşinasini bir neça soatga ijaraga beriş orqali oson pul topayotganlar bu noqonuniy işini hammaning köz öngida qilayotgani, viloyat IIB va YHXB mas’ullari esa negadir ularga nisbatan jiddiy çora körolmayotgani ta’kidlangan edi.

Keyinroq viloyat YHXB boşliği Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvçilarning Telegram-guruhlarida a’zolarning 90 foizi öquvçilar ekanini aytgandi.

Yuqori sinf öquvçilari 8 soatgaça vaqtini telefonda ötkazyapti

Davlat rahbariga köra, hozirda 7-11 sinf öquvçilari kuniga 8 soatgaça vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda ötkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham öylantirişi zarur.

“Biz maktabgaça va maktab ta’limi tizimida katta özgariş qila oldik. Lekin hali yeçimini kutayotgan köplab muammolar bor”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.