Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi
Qonun 3 oydan keyin – 8 iyunda kuchga kiradi. Chiqindidan qarzdor iste’molchiga ogohlantiruvchi SMS yuborilganidan keyin 5 kun muhlat beriladi. Agar qarz qoplanmasa, toki qarzini yopmaguncha ushbu iste’molchidan elektr uchun to‘lovlar qabul qilinmaydi. Avvalroq Namangandagi 1,1 milliondan ortiq iste’molchiga aslida ko‘rsatilmagan chiqindi xizmati uchun 18 mlrd so‘mdan ortiq haq hisoblangani ma’lum bo‘lgandi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 2025 yil 8 iyundan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlaridan qarzdorligi bo‘lgan iste’molchilardan elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatib qo‘yiladi. Bu haqdagi qonun 7 mart kuni imzolandi.
Qonunga ko‘ra, chiqindidan qarzdor iste’molchiga ogohlantiruvchi SMS yuboriladi, shundan keyin qarzdorlik 5 kun ichida bartaraf etilmasa, ushbu iste’molchi toki qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar elektr energiyasi uchun to‘lovni amalga oshira olmaydi.
Qarz to‘langach, kiritilgan cheklov avtomatik bekor qilinishi kerak.
Chiqindi xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar to‘lovlarning ishonchli va to‘g‘ri hisob-kitob qilinishi uchun javobgar bo‘ladi, bu talab buzilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydi.
Qonun 2025 yil 8 iyundan kuchga kiradi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda chiqindi xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘plab hududlarda o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmasligi, qator holatlarda aslida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun iste’molchilarning zimmasiga qarzdorlik yuklab qo‘yishi e’tirozlarga sabab bo‘lgandi.
Xususan, o‘tgan oyda Raqobat qo‘mitasi Namangan viloyatidagi 1,1 milliondan ortiq iste’molchiga aslida ko‘rsatilmagan chiqindi xizmati uchun 18 mlrd so‘mdan ortiq haq hisoblanganini aniqlagan edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

23:07 / 02.04.2025