Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grozniydagi musobaqada nokautga uchragan 10 yoshli bolaning otasi: O‘g‘limga juda bo‘lmasa shlem berishadi deb o‘ylagandim
Grozniyda Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 40 yoshi sharafiga o‘tkazilgan MMA musobaqasi doirasida yosh bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘rgazmali janglardan birida Qodirovning katta o‘g‘li tomonidan nokautga uchragan jangchi bolaning otasi Zamrat Shevxujyev uning o‘g‘liga juda bo‘lmasa shlem berishlariga ishonganini aytmoqda.
"Men Grozniyda ham avvalgidek format bo‘ladi deb o‘ylagandim, axir bu ko‘rgazmali jang deb e'lon qilingandi. Nima uchun bu gal himoya ekipirovkasi berilmagani sababini ayta olmayman", deb aytgan Shevxujyev allfight.ru nashriga bergan intervyuda.
Avvalroq Rossiya MMA ittifoqi prezidenti, aralash yakkakurash bo‘yicha sobiq jahon chempioni Fyodor Yemelyanenko musobaqani yosh bolalar o‘rtasida o‘tgan janglar ko‘rgazmalidan ko‘ra haqiqiyga yaqin bo‘lgani uchun tanqid qilgandi.
Mavzuga oid
02:36 / 06.12.2025
Dronlar Chechenistondagi «Grozniy-Siti» kompleksiga hujum qildi
14:27 / 28.12.2024
RFda AZAL borti qo‘nayotgan vaqtda Grozniyga UUA hujum qilgani tasdiqlandi
20:58 / 26.12.2024
Katta ehtimol bilan Rossiya raketasi zarba bergan. Oqtovdagi aviahalokatning ikkinchi kuniga kelib yana nimalar ma’lum?
12:27 / 25.12.2024