25 dekabr kuni Embraer 190 yölovçi samolyoti Qozoğiston ğarbidagi Oqtov şahri yaqinida halokatga uçradi. Orda.kz ma’lumotiga köra, samolyot Oqtov aeroporti hududiga qulagan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Azerbaijan Airlines aviakompaniyasining Bokudan Grozniyga uçgan yölovçi samolyoti halokatga uçragan.

Azari Press Agentliyi ma’lum qilişiça, samolyot Kaspiy dengizi ustida halokat signali bergan va majburiy qöniş uçun Qozoğiston tomonga yöl olgan. Sputnik Azerbaijan aviakompaniyadagi manbaga asoslanib, samolyot quşlar galasi bilan töqnaşib ketganini halokat sababi sifatida keltirgan.

Baza bortda 62 yölovçi va ekipajning beş a’zosi bölganini xabar qilgan.

Samolyot radarlardan ğoyib bölib, uçiş-qöniş yölagi yaqinidagi dalaga qulagan. Flightradar servisi ma’lumotlariga köra, halokatdan oldin samolyot aeroport ustida aylangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda samolyot qulaşi vaqtida olingan videolar tarqalmoqda.

Qozoğiston FVV Oqtov yaqinida samolyot halokatga uçraganini tasdiqlab, voqea joyida yonğin çiqqanini ma’lum qilgan. Dastlabki ma’lumotlarga köra omon qolganlar borligi aytilgan.

RIA Novosti Grozniy aeroporti matbuot xizmatiga asoslangan holda xabar berişiça, Bokudan uçgan samolyot Grozniydagi noqulay ob-havo tufayli avvaliga Mahaçqal’aga, keyin esa Oqtovga yönaltirilgandi.

Tengrinews ma’lumotiga köra, Qozoğistondagi aviahalokatdan omon qolgan 12 kişi şifoxonaga olib borilgan.

Rossiyadagi «Izvestiya» naşri va «112» telegram-kanali esa omon qolganlar soni 18 kişi ekanini xabar qilgan. Mash ma’lumotida omon qolganlar soni — 20 dan 50 kişigaça ekani aytilgan. Ularning barçasi samolyotning dum qismida bölgan.