Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 4-5 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi.
Davlat rahbari «Pragmatik muloqot – barqaror kelajak sari yo‘l» shiori ostida o‘tadigan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining (PMEF) yalpi yig‘ilishida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston yetakchisi jahon iqtisodiyotidagi vaziyat, O‘zbekiston – Rossiya iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish istiqbollari borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi, shuningdek, mamlakatimizni rivojlantirishning bugungi ustuvor yo‘nalishlariga to‘xtalib o‘tadi.
Tashrif dasturida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazish hamda O‘zbekistonda birinchi integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishini boshlash marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
21:20
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
20:20
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga amaliy tashrifi boshlandi
20:10
Rossiya va AQSh Alyaska va Chukotka o‘rtasidagi tunnel bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkin
18:09