Qömita xabariga köra, qaror milliy qonunçilik, xalqaro amaliyot va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) tavsiyalariga muvofiq loyiha hujjatlari, loyiha yeçimlari va xavfsizlikni asoslaş materiallarini körib çiqiş yakunlari böyiça qabul qilingan.
Ekspertizada xorijiy mutaxassislar va xalqaro taşkilotlar vakillari, jumladan, Rossiyaning Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi ekspertlari iştirok etgani ta’kidlanmoqda.
Avvalroq qömita «Atom elektr stansiyasini quriş direksiyasi» davlat muassasasi tomonidan taqdim etilgan loyiha hujjatlarini örganib çiqqan edi. Ekspertiza natijalariga köra, 23 mart kuni yadroviy qurilmalarni joylaştiriş uçun möljallangan maydondan foydalanişga ruxsat berildi.
AES loyihasini amalga oşirişning barça bosqiçlarida yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlaş ustidan nazorat Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasiga yuklatilgan. Idora litsenziya şartlariga, qurilişda xavfsizlik talablariga rioya etilişi, şuningdek, aholi va atrof-muhit xavfsizligi ta’minlanişi ustidan doimiy davlat nazoratini amalga oşirişi kerak.
Özbekistonda jahon amaliyotida ilk marta bir maydonda umumiy örnatilgan quvvati qariyb 2,1 ming MVt bölgan ikkita katta quvvatli VVER-1000 va ikkita kiçik quvvatli RITM-200N energobloklarini joylaştiriş rejalaştirilmoqda. Kombinatsiyalangan konfiguratsiya yiliga 15 milliard kVt·soatgaça elektr energiyasi işlab çiqariş imkonini berişi kutilmoqda. Loyihaning boş pudratçisi «Atomstroyeksport» AJ (Rossiya) hisoblanadi.
Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi va Özbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi («Özatom») mart oyi oxirida Toşkentda atom va unga boğliq sohalarda hamkorlik böyiça «yöl xaritasi»ni, şuningdek, atom elektr stansiyasini quriş böyiça şartnomaga qöşimça kelişuvni imzolagan edi.













