Jizzaxda “Nexia-2” gazballoni portlashi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi
Gazballon mashina harakatlanib ketayotganda portlagan. “Nexia-2” bo‘laklarga bo‘linib ketgan va mashinadagilarning barchasi halok bo‘lgan.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida “Nexia-2” mashinasiga o‘rnatilgan gazballon portlagan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, mashinada bo‘lgan to‘rt kishi voqea joyida halok bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, bugun, 28 may kuni soat 13:00 larda Baxmal tumanida yashovchi 63 yoshli haydovchi “Nexia-2” bilan M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tgan qismida harakatlanayotib AGQShdan mashinasiga gaz quyib chiqqan.
So‘ng harakatlanib ketayotganda to‘satdan mashinaga o‘rnatilgan gazballon portlagan. Oqibatda haydovchi, uning 56 yoshli xotini va 1993 hamda 2015 yilda tug‘ilgan yo‘lovchilar og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida halok bo‘lgan.
“Barcha haydovchilarni hushyorlikka chorlash maqsadida doimiy ravishda transport vositalarining texnik holatini nazorat etib borishlarini va o‘zlari boshqarayotgan ulovning texnik holatiga javobgar ekanliklarini unutmasliklarini yana bir bor eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024