Jizzax va Andijon viloyatlarida YPX xodimlari qölga olindi. Har ikki holat korrupsiyaga qarşi kuraş tadbirlari jarayonida IIV Şaxsiy xavfsizlik boş boşqarmasi tomonidan aniqlangan hamda DXX va prokuratura xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar ötkazilgan.
Jizzaxdagi holat
Jizzax viloyati YHXB xodimi, katta leytenant F.M. fuqaroga uning tanişiga nisbatan mast holda maşina boşqarganlik uçun rasmiylaştirilgan ma’muriy bayonnomani sud orqali ijobiy hal etib berişni va’da qilgan. U uşbu “xizmati” evaziga 700 dollar olayotganda uşlangan.
Şuningdek, suriştiruv davomida mazkur ma’muriy iş böyiça töplangan hujjatlarni qonuniy çora köriş uçun öz vaqtida sudga yubormagan boşqa bir xodimning harakatlariga ham huquqiy baho berilmoqda.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan katta leytenant F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25,211-moddasi (pora berişda qasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi protsessual tartibda uşlanib, vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Andijondagi holat
2 mart kuni Böston tumani hududida 21 yoşli A.N. Gentra maşinasida 5 yoşli bolani turtib yuborgan. Oqibatda bola tan jarohati olgan.
16 mart kuni haydovçi A.N.ning otasi DXX Andijon viloyat böyiça boşqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, YPX katta inspektori, mayor I.O‘. sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini özgartirib, işni ijobiy hal etib beriş evaziga 500 dollar talab qilganini bildirgan hamda unga qonuniy çora körişni söragan. Ariza asosida 16 mart kuni tezkor tadbir ötkazilgan. Unda I.O‘. talab qilgan 500 dollar pulni olgani, pullar uning xizmat xonasida ekani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Jizzaxda bir oyda ikki YPX xodimi tezkor tadbirda uşlangandi. Ulardan biri mast haydovçiga ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirmaslik uçun 1 500 dollar talab qilgan edi.

















