Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
Agar kuch, vaqt va pulni tejash muhim bo‘lsa, jamoat transporti shahar bo‘ylab harakatlanishning eng tejamkor usulidir. Kimdir undan kam foydalanadi, yana kimdir har kuni metro va avtobusda yuradi. Yo‘l haqini istalgan bank kartasi, ATTO transport kartasi yoki to‘lov ilovasi orqali to‘lash mumkin. Ayrim usullar esa yo‘lkirani tejash imkonini beradi.
Foto: Kun.uz
Banklar va to‘lov servislari nimani taklif qiladi
Uzum Visa va Ipak Yuli Visa kartalari hamda Payme plus orqali yo‘l haqi arzonroq tushadi.
Quyida — olish shartlari va foyda qay shaklda bo‘lishi aytilgan.
Uzum VISA
Uzum Visa bir oyda 40 marta 1050 so‘m miqdorida keshbek (62% atrofida) beradi. Aksiyani faollashtirish uchun yo‘l haqini to‘lash, bo‘lib to‘lash va mikroqarzdan tashqari karta orqali 5 marta xaridni amalga oshiring. So‘ng bankomatda balansni tekshiring.
Ipak Yuli Bank viza kartalari
Aksiya kartani olishingiz bilan ishga tushadi. Yo‘l haqi 990 so‘m bo‘ladi. Kartani onlayn rasmiylashtirish mumkin, yetkazib berish bepul. Kartani olish shartlari quyidagicha:
Payme plus obunasi
Payme Plus 90%dan ortiq to‘lovlar uchun 1% keshbek beradi — bu 3,5 mingga yaqin do‘kon va servislardir. O‘rta hisobda obuna bo‘yicha umumiy keshbek oyiga 70 000 so‘mgacha tejash imkonini beradi.
Aksiya shartlari va davomiyligini rasmiy saytlar va qo‘llab-quvvatlash xizmatlari orqali aniqlashtirib oling.
ATTO tariflari
Agar transportda muntazam, kuniga 3 martadan ortiq yuradigan bo‘lsangiz, sizga ATTO kartasi mos keladi.
ATTO — transportda yo‘l haqini to‘lash operatori. Shuningdek, transport kartalarini muomalaga chiqaradi.
Tariflar narxlari shahar, karta turi, transport turi va tarifning davomiyligiga (kun, oy, yil) bog‘liq. 4 turdagi kartalar mavjud:
- Aholi uchun
- Talabalar uchun
- O‘quvchilar uchun
- Pensionerlar uchun
Aholi uchun mo‘ljallangan kartalar hammabop. Qolganlari esa imtiyozli.
O‘tish tariflari
Tarif sotib olinmaganida ham barcha kartalar o‘tish tariflari bilan ishlaydi. Bir soat ichida bir transportdan boshqa transportga o‘tilganda yo‘l haqi arzonlashadi. Metro va avtobusda o‘tish variantlari:
Kunduzgi tariflar
Bu tariflar transportda ma’lum muddat davomida cheksiz yurish uchun sotib olinadi. Transportda kartani to‘lov qurilmasiga qo‘yish kerak, ammo undan pul yechilmaydi.Turli kartalar uchun tarif variantlari quyidagicha (pensionerlar uchun metro bepul):
ATTO kartasini qanday olish mumkin
Kartalar narxi quyidagicha:
- 16 000 so‘m — pochta bo‘limlarida
- 20 000 so‘m — metro kassalarida - faqat aholi uchun mo‘ljallangan kartalar
- telefon orqali to‘lash uchun ilovada bepul tarzda virtual karta ochish mumkin
Imtiyozli karta olish uchun hujjat – pensiya guvohnomasi, talabalik guvohnomasi yoki o‘qish joyidan ma’lumotnoma kerak bo‘ladi.
Xulosa
Jamoat transportida yurganingizda yuqoridagi usullar orqali mablag‘ingizni tejashingiz mumkin. Qaysi birini tanlash esa kundalik harakat jadvalingizga bog‘liq.
Mavzuga oid
09:29 / 03.04.2026
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
13:55 / 20.03.2026