«Toşşahartransxizmat» AJ ma’lumotiga köra, 2026 yil 20–23 mart kunlari poytaxt avtobus yönalişlari maxsus tartibda işlaydi.

Jumladan, 20, 21 va 22 mart kunlari avtobuslar yakşanba kuni uçun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. 23 mart kuni esa avtobuslar şanba kungi jadval böyiça xizmat körsatadi.

Şuningdek, Ramazon hayiti kuni — 20 martda avtobuslar harakati ertalab soat 04:00 dan boşlangan.

Mazkur qaror fuqarolarga qulaylik yaratiş, yöllarda tirbandliklarni kamaytiriş hamda bayram kunlari xavfsiz va sifatli jamoat transporti xizmatini ta’minlaş maqsadida qabul qilingan.

Mutasaddilar bayram kunlari transport oqimi ortişini inobatga olgan holda, fuqarolarni şaxsiy avtomobildan köra jamoat transportidan foydalanişga çaqirmoqda.