O‘zbekiston | 13:24 / 05.03.2021
3232
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkent shahar fidoyisi» ko‘krak nishoni ta'sis etiladi

Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar qilmoqda.

Sessiyada dastlab Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar kengashidagi barcha deputat ayollarni 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, sessiyada shahar hokimining “Toshkent shahar fidoyisi” ko‘krak nishonini ta'sis etish masalasi ko‘rib chiqildi. Deputatlar e'tiboriga ko‘krak nishonining bir necha namunasi va nizomi taqdim etildi hamda namunalar orasidan milliy xususiyatlar va davlatchilik tarixiga mos bo‘lgani tanlanib, bir ovozdan ma'qullandi. 

Mazkur ko‘krak nishoni har yili Mustaqillik bayrami arafasida Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shahardagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan fuqarolar, keng jamoatchilik vakillarini taqdirlash maqsadida ta'sis etilmoqda. 

Shuningdek, ko‘krak nishon bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid